Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 210 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

27-SONLI MAKTABGA BORGAN TUMAN HOKIMI HISOB FANIDAN BIR SOATLIK DARS O’TDI

×

 2023-02-18 16:54:39    78

PDF yuklash
Chop etish


27-sonli maktabga borgan tuman hokimi hisob fanidan bir soatlik dars o’tdi

Xabaringiz bor, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tashabbusi bilan tumanimizning G’aznov mahallasidagi 21-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida mazkur ta'lim muassasasining istitish tizimi nosozliklarini bartaraf etish bo’yicha amaliy ishlar qilindi. Hududdagi boshqa ta'lim dargohlaridagi holatlarni ko’zdan kechirish yuzasidan ham tuman hokimi tomonidan o’rganishlar olib borilayotir.

Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inidagi 27-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lgan tuman hokimi maktabdagi olib borilayotgan ishlarni ko’zdan kechirdi. Maktabning isitish tizimi va qozonxonalarning ishlash jarayoni ham hokim nigohidan chetda qolmadi.

Mazkur maktabning sakkizinchi sinf o’quvchilari bilan bo’lib o’tgan suhbat chog’ida ta'lim va tabiya sohasiga Prezidentimiz tomonidan berilayotgan e'tibor haqida gapirildi va bu e'tibordan bugungi yoshlar samarali foydalanishlari lozimligi ta'kidlandi. Hisob darsidan bir soat saboq bergan tuman hokimining o’ziga xos metodikasi o’quvchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.

Aytish lozimki, bugun hududning 19-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida rekonstruktsiya va 24-sonli maktabda ta'mirlash ishlari olib borilyapti. Mazkur maktablar o’quvchilarining bir qismi ayni kunda 27-sonli maktabda tahsil olishayotir va 24-sonli maktab direktori Avavzjon Olimovning so’zlariga ko’ra, boshqa maktablardan kelib tahsil olayotgan o’quvchilarga mazkur muassasada barcha sharoitlar yaratib berilgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram