Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA FAOLIYAT OLIB BORAYOTGAN HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATIGA BIR NAZAR

×

 2023-02-18 16:38:40    126

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari faoliyatiga bir nazar

        O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag’allikni qisqartirish bo’yicha davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari to’g’risida” gi PF-29 son Farmoniga muvofiq mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha hokim yordamchilari fa'oliyatini tashkil etish belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha hokim yordamchilari fa'oliyati tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-31 sonli qaroriga asosan tumandagi barcha MFY-larga ya'ni 27 ta MFY-larga hokim yordamchilar biriktilgan bo’lib, 2022 yil davomida hokim yordamchilari tomonidan qo’yidagi ishlar amalga oshirildi:

          Tumandagi 27 ta MFY-larda mavjud bo’lgan barcha xonadonlar ya'ni 13767 ta xonadonlar to’liq xatlovdan o’tkazildi. O’tkazilgan xatlovda xonadonlarning iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli bo’yicha 4 ta toifalarga ajratib olindi.

        1-toifaga mansub daromadi kam, ishsizlari bor, o’z ishini boshlashga qiziqishi katta, daromad topishga harakat qilayotgan 1435 ta (10,5%) xonadonlar;

        2-toifaga mansub doimiy daromadga ega, qo’shimcha daromad topish istagi bor 7821 ta (56,8%) xonadonlar;

        3-toifaga mansub nogironligi bo’lgan va kasal a'zolari bo’lgan boquvchisi yo’q hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj 1101 ta (8%) xonadonlar;

        4-toifa bo’yicha esa iqtisodiy ahvoli yaxshi va o’ziga to’q 3410 ta (24,7%) xonadonlar tashkil etmoqda.

        Mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan ishsiz aholini ishga joylashtirish bo’yicha qo’yidagi ishlar amalga oshirildi:

        2022 yilda 7292 nafar ishsiz fuqarolardan 7346 nafarini (100,8%) bandligi ta'minlandi.

        Jumladan:

        Doimiy ishga - 2405 nafar ishsiz fuqarolarni;

        Mavsumiy ishga – 763 nafar ishsiz fuqarolarni 1705 nafar mehnatga layoqatli ishsiz yoki norasmiy band aholini o’zini o’zi band qilish orqali bandligi ta'minlandi.

        Hozirgi kunda asosiy e'tibor yangi korxonalarni tashkil etish va faoliyat yuritayotgan korxonalarning quvvatini oshirish hisobiga yangi ish o’rinlarini yaratishga qaratilmoqda. Bu borada tumanda hokim yordamchilari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida joriy yil davomida jami 531 ta, shundan 214 ta kichik biznes va 317 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub'ektlari tashkil etildi.

                So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram