Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 213 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM YORDAMCHILARINING BIR YILLIK FAOLIYATI TAHLIL QILINMOQDA

×

 2023-02-18 16:34:40    76

PDF yuklash
Chop etish


Hokim yordamchilarining bir yillik faoliyati tahlil qilinmoqda

        Mahallalarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan faoliyati yo’lga qo’yilgan hokim yordamchilarininng faoliyatiga ham mana bir yildan oshdi. Prezidentimizning mahallalardagi vakillari tomonidan o’tgan muddat davomida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag’allikni qisqartirish bo’yicha amaliy ishlar qilindi.

        Bugun ana shu ishlar va qilingan amallar sarhisob qilinmoqda. Joylarda sohaning viloyat vakillari ishtirokida ochiq muloqotlar tashkil etilib, hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilinmoqda.

        So’x tumani hokimligi majlislar zalida Farg’ona viloyati boshqarma boshlig’i Anvarjon Abdullayev ishtirokida tahliliy-tanqidiy yig’ilish bo’lib o’tdi. Tumandagi barcha hokim yordamchilari ishtirok etgan mazkur tadbirda qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlar va albatta, yo’l qo’ygan kamchiliklar tahlil qilindi.

        So’x tumani mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi rahbari G’anijon Melnikovning ma'lumotiga ko’ra, o’tukazilgan tanqidiy-tahliliy yig’ilishda kamchilkilarga yo’l qo’ygan 3 nafar hokim yordamchilariga ogohlantirish berildi va 7 ta namuna ko’rsatgan hokim yordamchilarini rag’batlantirish bo’yicha takliflar berildi. Yangi yil uchun tuzilgan ish rejalari bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram