VILOYAT TARG’IBOTCHILARI TUMAN TALABA YOSHLARI BILAN SAMIMIY MULOQOT O’TKAZDI
2023-02-16 16:47:06 113
Viloyat targ’ibotchilari tuman talaba yoshlari bilan samimiy muloqot o’tkazdi
Shuni alohida qayd etish lozimki, Respublikamizda ta'lim va tarbiya ishlariga davlat siyosti darajasida ahamiyat berilmoqda. Bu albatta, sohada amalga oshirilayotgan hayotbahsh islohotlar jarayonini yanada jadallashtiradi.
So’x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, ma'naviyat va ma'rifat markazi Farg’ona viloyati bo’limi rahbari Ma'sudjon Sulaymonov Lenbur mahalla fuqarolar yig’inidagi 18-umumta'lim maktabida bo’lib, o’qituvchilar va o’quvchilari bilan muloqot qildi. Samimiy muloqot chog’ida asosan tuman yoshlariga Prezidentimiz tomonidan berilayotgan e'tibor haqida so’z bordi.
Ayni kunlarda mazkur ta'lim muassasada 800 nafarga yaqin o’g’il-qiz tahsil olmoqda. 2021 yilda maktab kapital rekonstruksiya qilinib, barcha sharoitlar yaratildi.
Tuman hokimi 9-sinf o’quvchilariga geometriya fanidan dars o’tdi. Yoshlarning reja va maqsadlari haqida suhbatlashildi. Samimiy muloqotda ilm olish, kasb-hunar o’rganish inson hayotida muhim o’rin egallashi ta'kidlandi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram