Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 165 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYA SUV NASOS STANTSIYASIDAGI OXIRGI ISHLAR JAVPAYA MASSIVIDAGI YANGI HAYOT UCHUN ZAMIN YARATMOQDA

×

 2023-02-16 16:43:43    84

PDF yuklash
Chop etish


Javpaya suv nasos stantsiyasidagi oxirgi ishlar Javpaya massividagi yangi hayot uchun zamin yaratmoqda

Javpaya suv nasos stantsiyasidan kelgusida Javpaya massividagi o’zlashtirilayotgan yerlar suv tejovchi texnologiyalar orqali sug’oriladi. Ayni kunda mazkur suv nasos stantsiyasida payvandlash va pardozlash ishlari oxiriga yetkazildi. Suv naso stantsiyasi elektr energiyasi ta'minotiga ulansa, “ishlar besh” desak, aslo mubolag’a qilmagan bo’lamiz.

Javpayada o’zlashtirilayotgan yangi yerlarga viloyat mutaxassislaridan iborat shtab a'zolari biriktirilgan bo’lib, kuni kecha mazkur hududda o’rganish ishlari olib borildi. Javpayada barpo etilayotgan membrana suv hovuzidagi amallarni bajarish uchun maxsus texnikalar safarbar etilgan.

Mutaxassislar va shtab a'zolarining bizga bergan ma'lumotlariga ko’ra, jami Javpaya massiviga hokimlik va pudratchilar tomonidan 3 ta ekskavator jalb etilgan. Shuningdek, tomchilatib sug’orish jihozlarini tayyorlash bo’yicha 6 kishidan iborat brigada ish olib bormoqda.

Ayni kunda bevosita viloyat hokimi ko’magi asosida texnikalarning mu'tadil ishlashini ta'minlash uchun zarur miqdorda dizel yoqilg’isi yetkazib berilgan, ya'ni yetarli miqdordagi yoqilg’i zaxirasi yaratilgan. YErlarni tayyorlash va suv tejovchi texnologiyalarni payvandlash ishlari yaqin kunlarda boshlab yuboriladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram