MAHALLADA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” TASHKIL ETILDI
2023-02-15 16:09:36 132
Mahallada “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi
Yosh avlod bilan o’tkazilgan har bir suhbat yoxud uchrashuvlarda tarix jonlanadi. Ayniqsa, bunday tadbirlar turli zamon avlodlari ishtirokida tashkil etilsa agar.
Bugun Navobod mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 26-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lib o’tgan tadbir ham uch avlod vakillarini birlashtirdi. Tashkil etilgan "Uch avlod uchrashuvi”da tuman hokimligi, mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Abdushukur Turaboyev, Navobod mahalla fuqarolar yig’ini raisi Zayliddin Gadoyboyev, mahalla deputati, keksa va nuroniylar, mahalla yoshlari va Afg’on urushida qatnashgan faxriylar ishtirok etdilar.
Tuman mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Abdushukur Turaboyev so’z olib, 15-fevral kuni sobiq Ittifoq armiyasi Afg’oniston hududini tark etishining 30-yilligi qayd etilishi va bugungi tadbir ayni ushbu munosabat bilan tashkil etilganigi haqida gapirdi. So’zlarida Afg’on jangida qatnashgan veteran jangchilarni tabriklab, tadbirda ishtirok etayotgan yoshlarga Vatanimiz tinchligi bebaho ne'mat ekanligi, tinchlik-omonlikni qadriga yetib yashash kerakligini ta'kidlagan Abdushukur Turaboyev so’zni bevosita urush maydonida bo’lgan “afg’onchilar” ga berdi.
Bugungi tadbir va ko’rgan kechirganlari haqida gapirgan veteran jangchilar ham tinchlik bebaho ne'mat ekanligi, urush avalodlarga faqat va faqat kulfat olib kelishini o’z fikr-mulohazalarida bildirdilar. Dunyoda tinchlik va totuvlik hukmron bo’lishi uchun pok niyatlar bildirildi, duolar qilindi.
Tadbir ishtirokchilari ham jangchilarga savollar berib, javoblar oldilar. Tadbirdan so’ng mahalla raisi tashabbusi bilan tadbir ishtirokchilari uchun bir piyola choy ustidagi ziyofat tashkil etildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram