Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 212 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 540 YILLIGI NISHONLANDI

×

 2023-02-14 17:08:22    81

PDF yuklash
Chop etish


Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi nishonlandi

        Shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan Sarikanda mahallasida "Shoh va shoir xotirasini eslab" mavzusi ostida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Unda 4-sonli maktab targ’ibotchisi V. Savronov va mahalla yoshlar yetakchisi H. Hasanovlar so’zga chiqib, buyuk mutafakkirning ijodiy merosini o’rganish ahamiyati haqida gapirib, shoir asarlarida ilgari surilgan ezgu g’oyalar haqidagi fikrlar bilan o’rtoqlashdi.

        Tadbirda Boburning betakror she'riyati, Sharq xalqlarining turmush tarzi, urf-odatlari, tabiati va qadriyatlari haqida mufassal ma'lumot beruvchi, insonni komillikka undovchi asarlari yosh avlodni ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekani ta'kidlandi.

        Shuningdek, shoir g’azallaridan namunalar o’qildi va mumtoz qo’shiqlar ijro etildi. Tadbir davomida mahalla yoshlari va o’quvchilr ishtirokida #BoburDay targ’ibot aktsiyasi o’tkazildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram