SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ
2023-02-14 16:36:21 113
Savol bering, javob beramiz
Savol : Diplom dublikatini olish tartibi to’g’risida ma'muot bering
Javob: Ariza beruvchi DXMga kelib murojaat etganda, xodim ariza beruvchi nomidan so’rovnomani elektron to’ldiradi.
Ariza beruvchi so’rovnomani YaIDXP orqali to’ldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.
Davlat xizmati uchun BHM 1 baravari (300 ming so’m) miqdorida yig’im undiriladi.❗️Yig’imni to’lamaslik xizmat ko’rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
So’rovnomada noto’g’ri ma'lumotlar ko’rsatilsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kunlik muddat beriladi.
So’rovnoma tushgandan boshlab 10 ish kunida hujjat dublikati rasmiylashtiriladi va bu haqida ariza beruvchiga xabar beriladi.
Ariza beruvchi ta'lim to’g’risidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.
Ariza beruvchining xohishiga ko’ra, ta'lim to’g’risidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin. Bunda pochta uchun to’lovlarni ariza beruvchi to’laydi.
F. Boboyev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram