Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA FOREL BALIG’I YETISHTIRISH BO’YICHA NAMANGANLIK TADBIRKORLAR TAJRIBASI ASOSIDA ISH OLIB BORILADI

×

 2023-02-14 16:31:36    132

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida forel balig’i yetishtirish bo’yicha namanganlik tadbirkorlar tajribasi asosida ish olib boriladi

Aytish lozimki, So’x tumani asosan qishloq xo’jaligi sohasiga ixtisoslashgan tuman sifatida tanilgan hudud hisoblanadi. Lekin, olib borilgan o’rganishlar va kuzatishlar natijasi shuni ko’rsatadiki, tumanimiz boshqa sohalarni rivojlanishinga ham qulay mintaqa hisoblanadi.

Baliqchilik mana shunday sohalarning biridir. Aslida So’x daryosida mavjud bo’lgan “marinka” balig’i o’zining shirin ta'mi va betakrorligi bilan dong qozongan. Ayni kunda tumanda tadbirkorlarimiz sa'y-harakati bilan forel balig’i parvarishi yo’lga qo’yilmoqda.

Mazkur baliq turi o’zining xususiyatlari bilan ham farq qiladi va uning parvarishi uchun mutaxassislarning maslahati va yo’riqnomasi lozim. Shuning uchun, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman prokurori Sadirali Mirzokarimovlar boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyatida bo’lib, baliq yetishtiruvchi xo’jaliklar faoliyatini ko’zdan kechirishdi.

Tashrif davomida forel balig’i yetishtirish niyatida bo’lgan So’xlik tadbirkorlar Ilhomjon Homidjonova va Olimjon Domulloyevlar ham hamrohlik qildilar. Namangan viloyatining Uchqo’rg’on tumanida bo’lgan tumanimiz vakillari forel balig’i yetishtiruvchi tadbirkor faoliyati bilan tanishishdi va tanishish davomida mazkur baliq parvarishi yo’llarini ham o’rganishdi.

Tumanimiz vakillari tadbirkor tomonidan forel balig’i yetishtirish kompleksidagi hovuzlar, baliqni qayta ishlash tsexi, inkubatoriya, baliq chavoqlarini tayerlash binosi, muzlatgich va boshqa barcha sharoitlar bilan to’liq tanishib chiqdilar. Mazkur kompleksda 66 ta 40x10 xajmli betondan barpo etilgan hovuzlar mavjud bo’lib tadbirkor tomonidan har oyda 25 tonna sifatli forel balig’i yetishtiriladi va mahsulotning aksariyat qismi Rossiya Federatsiyasi hududiga eksport qilinadi.

Kompleks faoliyati bilan tanishish davomida So’x tumanida xam baliqchilikni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud ekanligi tushuntirildi. Namanganlik tadbirkor So’x tumanidagi tadbirkorlarga ushbu yunalishda yaqindan yordam berishini, xususan, ko’llar va qayta ishlash tsexi, inkubatoriya va muzlatgich tashkil etish, tsexlar uchun kerakli vositalarni topishga hamda balik chavoqlari bilan ta'minlash, ozuqasini yetkazib berishda amaliy ko’mak ko’rsatishga tayyor ekanini bildirdi.

So’x tumanining So’x daryosi o’zanlarida tadbirkor Ilhomjon Homidjonov tomonidan mazkur baliqni yetishtirish yo’lga qo’yilgan, biroq tabiiy ofat tufayli tadbirkor tomonidan parvarishlanayotgan 10 000 donadan ortiroq forel baliqlari So’x daryosiga oqib ketgan. Mutaxassislarning fikricha, agar So’x daryosi o’zanlarida mustahkamlash ishlari olib borilsa, natijada 50 gektardan ortiq baliq yetishtirish hovuzlari barpo etilishiga erishiladi.

Aytish lozimki, tumanimiz vakillarining Namangan viloyatiga qilgan tashriflari tumanda baliqchilikni rivojlantirishga doir ishlarning debochasi sanaladi. Tumanimizga Uchqo’rg’on tumanidan mart oyida 20 000 dona baliq chavoqlarini yetkazib berilishiga kelishib olindi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram