Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’TGAN YILNING NATIJASIGA KO’RA, SO’X TUMANI ”MAHALLA” XAYRIYA JAMOAT FONDI QOSHIDAGI “SAXOVAT VA KO’MAK” JAMG’ARMASI TOMONIDAN 1 MILLIARD 190 MILLION SO’MDAN ORTIQROQ MODDIY YORDAM KO’RSATILDI

×

 2023-02-11 16:02:36    115

PDF yuklash
Chop etish


O’tgan yilning natijasiga ko’ra, So’x tumani ”Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshidagi “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi tomonidan 1 milliard 190 million so’mdan ortiqroq moddiy yordam ko’rsatildi

 

Muhtaram Prezidentimizning 2020 yil 20-apreldagi “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakatini tashkil etish buyicha tashabbusslari, himmat kabi ezgulik fazilatlarini o’zida mujassam etgan holda tibbiy himoyaga muhtoj, nogironligi bulgan shaxslar, ehtiyojmannd oilalar hamda “Temir daftar” ruyxatiga kiritilgan boshqa ko’makga muhtoj oilalarni qo’llab –quvvatlash maqsadida samarali ishlar olib borilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22-aprel kungi 213-sonli farmoyishi bilan tumanimizda “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi tashkil etildi. Ushbu tashabbusni qo’llab-quvvatlagan holda tumanimizda “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi doirasida bir qancha ishlar amalga oshirildi.

O’tgan 2022 yilning 12-oy davomida “Saxovat va ko’mak”jamg’armasiga 1 milliard 190 millionn 057 ming so’m mablag’ tushgan. Har bir tushgan mablag’ni Xalq deputatlari So’x tumani Kengashi qarori bilan manzilli sarflagan.

Jami 12 oy davomida kelib tushgan murojaatlarni urganib, extiyojmand, nogiron, kamta'minlangan va boquvchisini yo’qotgan oilalarga 1 milliard 190 million 057 ming so’m mablag’ “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan bir martalik moddiy yordam kursatildi.

Jumladan, 05 yanvar 2022 yil Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining  6-45-11-159-K/22-sonli qarori bilan 39 million 580 ming so’m mablag’ni 60-nafar kamta'minlagan, ehtiyojmand, nogironligi bor va boquvchisini yuqotgan fuqarolarning plastik kartochkalariga o’tkazilib berilgan.

Qo’yida ko’rsatilgan ko’maklar haqida ma'lumotlar keltiramiz:

07 fevral 2022 yili 25 million 070 ming so’m mablag’ni Qal'a mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Erkinjon Hamalovning jarrohlik amaliyotini o’tkazish uchun fuqaroni plastik kartasiga o’tkazib berilgan.

Xuddi shunday mart oyida 30 million so’m 47 nafar fuqarolarga, aprel oyida 10 million 973 ming so’m  22 nafar ehtiyojmandlarga, may oyida 12 million so’m 28 nafar kam ta'minlangan fuqarolarga, iyul oyida 31 million 918 ming so’m 47 nafar fuqarolarimizga, avgust oyida 32 million 840 ming so’m 53 nafar So’xlik vatandoshlarimizga, sentyabr oyida 34 million 980 ming so’m 30 nafar fuqarolarga “Saxovat va ko’mak” jamg’armasidan manzilli yetkazib berildi.  

2022 yilning 11 noyabr kuni 62-107-11-159 k/22-sonli Xalq deputatlar So’x tumani Kengashi qarori bilan 41 nafar fuqarolarga 30 mln 100 ming (o’ttiz milion bir yuz ming ) so’m mablag’ “Saxovat va ko’mak” jamg’armasidan manzilli yetkazib berildi.

2022 yilning 7 dekabr kuni  VI-63-114-11-159-k/22-sonli Xalq deputatlari So’x tumani Kengashi qaror bilan 41 nafar fuqarolarga 48 million 599 ming (qirq sakkiz million besh yuz to’qson to’qqiz ming ) so’m mablag’ “Saxovat va ko’mak” jamg’armasidan fuqarolarimizga moddiy yordam ko’rsatildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram