MILLIY GVARDIYA XODIMLARI ISHTIROKIDA XIZMAT INTIZOMIGA RIOYA ETISHGA DOIR TADBIR O’TKAZILDI
2023-02-10 18:00:23 143
Milliy gvardiya xodimlari ishtirokida xizmat intizomiga rioya etishga doir tadbir o’tkazildi
Aytish lozimki, jamiyatdagi tinlik-totuvlik, osoyishtalik va xavotirsiz umrguzaronlik qilish eng avvalo jamoat tartibini saqlashga kamarbasta bo’lgan xodimlar faoliyatiga chambarchas bog’liqdir. Ushbu yo’nalishda O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi saflarida xizmat qilayotgan farzandlarimiz ham astoydil ish olib borishayotir.
Soha xodimlari o’z xizmat faoliyatlarida qonun orqali belgilab berilgan xizmat intizomiga rioya qilishlari eng muhim jihat sanaladi. Aholi, fuqarolar bilan suhbat va uchrashuvlarda muomala qoidalariga rioya etish soha xodimlarining asosiy vazifalaridandir.
Bugun Farg’ona viloyati harbiy prokuraturasi xodimlari ishtirokida
O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg’ona viloyati qo’riqlash boshqarmasi So’x tumani qo’riqlash bo’limi xodimlariga xizmat intizomiga rioya qilish, hamda 2022 yil yakunlari buyicha tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda ishtirok etib so’z olganlar So’x tumanida mazkur tuzlima xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarga alohida to’xtalib, yo’l qo’yilgan kamchiliklardan zururiy xulosalar chiqargan holda, yangi yilda samarali faoliyat olib borish yuzasidan taklif va tavsiyalar berdilar.
Tadbir davomida har bir xodimning xizmat intizomi bo’yicha ham tushuntirishlar berildi. Ta'kidlandiki, har bir xodim o’z faoliyatida bergan qasamyodiga sodiq bo’lishi, faqat va faqat xalq va davlat manfaatlariga xizmat qilishdan iborat bo’lgan o’z xizmat burchini so’zsiz bajarishi, o’ziga yuklatilgan xizmat vazifalari va funktsional majburiyatlarini samarali amalga oshirishi lozim.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram