Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ICHKI ISHLAR ORGANLARINI XALQCHIL PROFESSIONAL TUZILMAGA AYLANTIRISH DAVR TALABI!

×

 2023-02-10 15:49:46    122

PDF yuklash
Chop etish


Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish davr talabi!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022 — 2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida»gi PF-60-son Farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish, ularning fuqarolar, jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda, o’zaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashini ta'minlash, mahallalar, aholi turar joylari va butun yurtimizda qonun ustuvorligi, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash maqsadida 2023 yil 20-yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlandi.

Ushbu Kodeksdan ko’zlangan asosiy maqsad ichki ishlar organlari xodimlarini «Inson qadri uchun» tamoyili asosida davlatning yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, o’z burchiga sodiq, vatanparvar va xalqparvar vakili etib tarbiyalash orqali aholining chinakam roziligiga erishish, ichki ishlar organlari xodimlarida xizmat vazifalariga halol, vijdonan, Vatan va xalq oldidagi burchini chin dildan his etgan holda, yuksak mas'uliyat bilan yondashish, jamiyatda umume'tirof etilgan odob-axloq normalariga so’zsiz amal qilish tuyg’usini shakllantirish hisoblanadi.

Ushbu kodeks bilan Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti tashkil etildi. Ushbu departamentni ustuvor yo’nalishi etib ichki ishlar organlarida xizmatga qabul qilish bo’yicha nomzodlarni tanlashning adolatli, xolis va shaffof tizimini yaratib, o’rnatilgan tartiblarni tubdan soddalashtirish va byurokratik to’siqlarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni belgilash, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni «ta'lim muassasasidan — xizmatning oxiriga qadar» tamoyili asosida tizimli va uzluksiz tashkil etish orqali ularning samaradorligi hamda ta'sirchanligini oshirish, xizmatning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o’rtasida manzilli psixologik tadbirlarning zamonaviy usullarini tatbiq etish, lavozimga tayinlash va attestatsiya o’tkazish jarayonlarida mutaxassis-psixologlarning rolini oshirish, ichki ishlar organlarida istiqbolli yosh rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishning yangi tizimini joriy etish, ularning faoliyatini tizimli monitoring qilish va doimiy ravishda o’qitib borish mexanizmlarini yaratish, jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasining xususiyatlaridan kelib chiqib, ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibining jangovar va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishning uzluksiz tizimini yaratish va uni baholashni yangi mezonlar asosida amalga oshirish, inson omilini istisno etish hamda korruptsiya holatlarining barvaqt oldini olish maqsadida ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ishlash, xizmatni o’tash qoidalariga rioya etilishini ta'minlash, shuningdek, shaxsiy tarkib va ularning oila a'zolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini zamon talablariga mos ravishda to’liq raqamlashtirish belgilangan.

Ushbu Kodeksning amaliyotga kiritilishi ichki ishlar organlarida sodir etilishi mumkin bo’lgan nojo’ya xatti-harakatlar, suiiste'molchilik va korruptsiya holatlarining barvaqt oldini olish, huquq-tartibot tizimi obro’siga salbiy ta'sir ko’rsatuvchi nizoli vaziyatlarni yuzaga kelishini bartaraf etadi.

 

I. Madaminov - So’x tumani adliya bo’limi bosh maslaxatchisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram