Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DOLZARB MAVZU

×

 2023-02-09 17:34:15    106

PDF yuklash
Chop etish


 

Dolzarb mavzu:

 

Kam ta'minlanganlik to’g’risida ma'lumotnoma kim tomonidan qaysi asoslarda beriladi ?

 

Oldingi suhbatda Sizlarga kam ta'minlangan deb e'tirof etilgan oila (shaxs)larga qanday imtyozlar mavjudligi haqida ma'lumotlar bergan edik, shundan kelib chiqib fuqarolardan “Kam ta'minlanganlik” ma'lumotnomasi kim tomonidan va qaysi asoslarda berilishi borasida haqli savollar kuproq beriladigan bo’ldi.

Bu mavzudga oydinlik kiritishdan oldin “Kamta'minlanganlik to’g’risida ma'lumotnoma nima ?” degan savolga javob berib utamiz :

O’zbekiston Respubliksi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 oktyabrdagi 654-sonqarorining 1-ILOVAsidagi “Kam ta'minlangan oilalarni «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta'minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida” NIZOMga asosan :

 

ma'lumotnoma — «Yagona reestr» AT orqali kam ta'minlangan deb e'tirof etilgan oila (shaxs)ga O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladigan, QR-kodga ega bo’lgan ma'lumotnoma.

 

Mazkur ma'lumotnoma yuqoridagi NIZOMning 2-bob ( Oilani kam ta'minlangan deb e'tirof etish va ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash shartlari) i 9-bandiga asosan :

Oila (shaxs) «Yagona reestr» AT orqali kam ta'minlangan deb e'tirof etilganligi to’g’risidagi ma'lumotnoma ushbu Nizomga 1a-ilovaga muvofiq sxema bo’yicha taqdim etiladi.

Ma'lumotnoma taqdim etilganligi uchun yig’im undirilmaydi.

 

Soddaroq qilib aytganda,

1-bosqich - Ariza beruvchi qo’yidagi boschiqlarga amal qilishi kerak :

1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro’yxatdan o’tadi.

2. Ma'lumotnoma olish uchun elektron so’rov yuboradi.

 

2-bosqich - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

        1. So’rov kelib tushgandan keyin «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimidan zarur ma'lumotlar kelib tushadi.

        2. QR-kod (matrik shtrix — kod) qo’yilgan ma'lumotnoma rasmiylashtiriladi.

3. Ma'lumotnoma ariza beruvchining elektron manziliga yuboriladi.

 

Nizomga asosan Ma'lumotnoma Avtomatik tarzda shakllantirishi ta'kidlab utilgan.

Diqqat savol : Barcha «Yagona reestr» AT orqali kam ta'minlangan deb e'tirof etilgan oila (shaxslar)ga, ya'ni kam ta'minlanganlik ma'lumotnomasi bor shaxslarga kam ta'minlan oilalarga beriladigan bolalar nafaqasi tayinlanadimi ?

Javob :  Yo’q.

Chunki,oilada ishsiz (rasmiy daromad manbaiga bo’lmagan) a'zo mavjud bo’lgan ularda, tabiiyki, kamta'minlanganlik ma'lumotnomasi olish imkoni kuproq bo’ladi. Ya'ni, ular Dastur tomonidan kamta'minlangan deb e'tirof etilib, ma'lumotnoma beriladi. Lekin, Mazkur Nizomga asosan mehnatga layoqatli ishsiz a'zosi mavjud bo’lgan oilalarning bola nafaqasi uchun topshirgan arizalari rad etiladi.

Mazkur javobga sharh berish uchun, yana VMning 654-son Qarorining 1-ilovasidagi Nizomga murojaat etamiz :

4-bob. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olish uchun arizalarni ko’rib chiqish tartibi (20-bandi)

20. Quyidagi holatlar mavjud bo’lganda, oilani kam ta'minlangan deb e'tirof etish va unga tegishli ravishda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash rad etiladi:

 

k) rasmiy daromad manbalariga ega bo’lmagan va oxirgi olti oy mobaynida ish izlab mehnat organlariga murojaat qilmagan hamda mehnat organlarida hisobda turmagan, o’zini o’zi band qilgan shaxslar ro’yxatiga kiritilmagan yoki haq to’lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan mehnatga layoqatli oila a'zosi mavjud bo’lganda.

Yuqoridagiga asosan oilada mehnatga layoqatli a'zo mavjud bo’lganda nafaqa uchun berilgan ariza Dastur tomonidan avtomatik ravishda rad etilishi ma'lum bo’lmoqda.

 

Mazkur bandning faqat «k» kichik bandi asosida bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash rad etilgan oilalar «Yagona reestr» AT orqali belgilangan tartibda kam ta'minlangan deb e'tirof etiladi. Bunda oilaga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlanmaydi, lekin mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha ma'lumotnoma taqdim etiladi.

 

Inomjon Munavvarjonovich Inomjonov - BTPJ So’x tuman bo’limi Yagona  ijtimoiy reestr shu'basi mudiri



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram