Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“SOLIQCHI TADBIRKORGA KO’MAKCHI” TAMOYILI ASOSIDA TADBIRKORLARGA KO’MAK KO’RSATILMOQDA

×

 2023-02-09 17:21:08    138

PDF yuklash
Chop etish


“Soliqchi tadbirkorga ko’makchi” tamoyili asosida tadbirkorlarga ko’mak ko’rsatilmoqda

        So’nggi yillarda yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Davlatimiz raxbari ta'kidlaganidek, tadbirkor boy bo’lsa, xalq boy bo’ladi. Sungi 5 yil davomida chekka xududlarda xam tadbirkorlik sohasi rivojlanib keng quloch yozdi. Tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilib, mazkur sohada islohotlar samarasi yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Xususan, So’xlik tadbirkorlar uchun davlatimiz rahbari tomonidan bir qator imtiyozlar yaratilgani tumanda mazkur sohani rivojlanishi, yangi ishlab chiqarish korxonalarning faoliyat boshlashiga sabab bo’lgani albatta etirofga sazovor.

        Yana bir jihat - So’x tumanida Davlat solik inspektsiyasi xodimlari tomonidan “Soliqchi tadbirkorga ko’makchi” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar samarasi o’laroq, mahaliy tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muamolar bosqichma bosqich uz yechimini topib bormoqda.

        Xususan Qal'a mahalla fuqarolar yig’inida “Sulaymon Ota” korxonasi rahbari Sardor Ziyodov va Chashma mahallasida faoliyat olib borayotgan “Dilshodbeku Diyorbek” korxonasi rahbari Dodobotir Safarovlar tadbirkorlik faoliyatini boshlash maksadida kredit olish uchun xujjat ramsiylashtirishdi, biroq krediti olishda qiynalishdi.

        So’x tuman Davlat solik inspeksiyasiga murojat kilganlaridan so’ng ushbu fuqarolarga “Soliqchi tadbirkorga ko’makchi” tamoyili asosida yaqindan ko’mak ko’rsatildi. Natijada har bir fuqaroga berilgan 250 million so’m miqdoridagi kredit hisobiga tumanimizning Qal'a va Chashma mahalallarida ikkita tadbirkorlik sub'ekti tashkil etildi. Ayni damda tashkil etilgan 2 ta mazkur savdo do’konida 5 nafar yoshlarimiz doimiy ish bilan taminlangan. Eng muhimi tadbirkorlar So’x tuman davlat soliq inspeksiyasi tomondan unga ko’rsatilgan ko’makdan mamnun. Bu albatta, tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlashga bo’lgan birgina misol. Bunday misollarni ko’plab keltirishimiz mumkin.

        Soliq idoralari xodimlari bundan buyon xam albatta Prezidentimiz belgilab berganidek - tadbirkorlarga maslihatchi ko’makchi va yaqin xamkor sifatida faoliyatlarini davom ettirishlariga ishonch bildiramiz.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram