MAHALLALAR KESIMIDA SEKTOR RAHBARLARI ISHTIROKIDA AHOLI MUAMMOLARINI O’RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
2023-02-09 17:14:47 126
Mahallalar kesimida sektor rahbarlari ishtirokida aholi muammolarini o’rganish ishlari olib borilmoqda
Respublikamizda aholi muammolarini o’rganish, aniqlash va aniqlangan kamchiliklarni hal etish bo’yicha yaratilgan tizim orqali bugun Respublikamiz miqyosida amaliy ishlar qilinmoqda. So’x tumanida olib borilayotgan ishlar ham o’zining natijadorligini ko’rsatmoqda.
Sektorlar kesimida olib borilayotgan o’rganishlar, har bir xonadon va fuqaroga alohida e'tibor berish, ya'ni uyma uy yurib, manzilli o’rganishlarni tashkil etilishida bevosita sektor rahbari tomonidan amaliy ishlar qilinayotir. Tumanimizning 1-sektori hududidagi G’aznov mahallasida amalga oshirilgan o’rganish ishlarida bevosita sektor rahbari, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirok etdi.
Tumanimizda oilalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog’lomlashtirish, xotin-qizlar orasida diniy-ma'rifiy muhit barqarorligini ta'minlash, ayollarni kasb-hunarga o’rgatish va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan o’rganishlar olib borish bevosita tashkil etilgan ishchi guruhlar zimmasiga yuklatilgan. Ishchi guruh tarkibiga kiruvchi sektor a'zolari mahallaning “beshligi” bilan hamkorlikda ushbu yo’nalishda amaliy ishlari bajarish bo’yicha faoliyat olib borishmoqda.
Tuman hokimi boshchiligida tashkil etilgan o’rganish natijasiga ko’ra, 23 ta xonadonida yashovchi aholi muammolari, 2 ta ijtimoiy ob'ektlar hamda 1 nafar tadbirkorlar faoliyati o’rganildi. O’rganish natijalariga ko’ra, 2 ta xonadonda 2 ta muammo borligi aniqlandi hamda aniqlangan ushbu muammolar joyida bartaraf etildi. Ishchi guruh tomonidan mahallalar kesimidagi o’rganish ishlari davom etmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram