SEL YO’LLARIDAN OLINGAN SHAG’AL HUDUDDAGI ICHKI KO’CHALARGA YOTQIZISH UCHUN YETKAZILMOQDA
2023-02-09 11:34:13 117
Sel yo’llaridan olingan shag’al hududdagi ichki ko’chalarga yotqizish uchun yetkazilmoqda
Ayni kunda tumanimizda viloyat va tuman favqulodda vaziyatlar sohasi vakillari tomonidan tumanda sel va suv toshqinlarini oldini olishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. O’rganishlar jarayonida bu bo’yicha aholi o’rtasida targ’ibot va tushuntirish ishlari olib borilayotir.
Xabaringiz bor, o’tgan yili yuzaga kelgan favqulodda vaziyat – suv toshqinlari va sel kelishi oqibatida tumanimizning Malbut va Devayron mahalla fuqarolar yig’inidagi fuqarolarga katta zarar yetgan. Mana shunday salbiy oqibatlarni oldini olishga qaratilgan ishlar Respublikamizda fevral oyining birinchi kunidan boshlab yuborilgan va mana qariyb o’n kundirki, Farg’ona viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari tumanimizning tog’oldi hududlarida o’rganishlar olib borishmoqda va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amaliy ishlar bajarilmoqda.
Tumanning Malbut, Devayron, Demursad, Hushyor mahallalari sel kelishi va suv toshqini yuzaaga kelishi ehtimoli yuqor bo’lgan hududlar hisoblanadi. Ayni ushbu hududlarda mavjud sel yo’llarini ta'mirlash va qirg’oqlarni mustahkamlash, sel kelishi ehtimoli yuqori bo’lgan hudularda yangi sel yo’llari ochish ishlari olib borilayotir. Buning uchun barcha texnika vositalari safarbar etilib, mutasaddi tashkilotlar mustahkam hamkorlik asosida ish olib borishmoqda. Malbut sel yo’lini tozalash ishlari bevosita tuman yo’lsozlik idorasi va favqulodda vaziyatlar bo’limi tarkibiga kiruvchi korxonalar hamkorligida olib borilyapti.
Sel yo’llaridan olingan shag’al mahsuloti tuman mahallalalarining ta'mirlanmagan ko’chalariga bevosita yetkazib berilmoqda. Viloyat ishchi guruhi tomonidan hududlarda o’rganish ishlari davom etmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram