Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 154 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

EHTIYOJMAND OILA VA FUQAROLARGA QIMMATBAHO SOVG’ALAR YETKAZIB BERILDI

×

 2023-02-08 13:30:11    86

PDF yuklash
Chop etish


Ehtiyojmand oila va fuqarolarga qimmatbaho sovg’alar yetkazib berildi

        Kam ta'minlangan, ijtimoiy ko’makka muhtoj oilalar, ehtiyojmand fuqarolarga moddiy va ma'naviy yordam berish, ularining holidan xabar olishdek fazilat bizning xalqimizga xos. Bunday xayrli ish va amallar Respublikamizda keng quloch yoyib, davlat siyosati darajasiga ko’tarilgani bilan ham ahamiyatldir. Ushbu yo’nalishda So’x tumanida ham keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

        Bugun tumanimizdagi Chumoqcha va Chashma mahalla fuqarolar yig’inidagi ikkita oilaga O’zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi nomidan qimmatbaho sovg’alar topshirildi. Sovg’alarni o’z egalariga topshirish marosimida ishtirok etgan tuman sektorlari rahbarlari va boshqa idoralar vakillari Respublikamizda “Inson qadri uchun” degan tamoiyl hayotda o’z isbotini topayotgani, har bir fuqaro e'tiborda ekanligini qayd etib o’tdilar.

        Chumoqchalik Xurshedaxon Nuraliyeva ancha muddat kasal bo’lganligi, shunga qaramasdan har doim e'tibor markazida bo’lganligi va Respublika savdo-sanoat palatasi rahbariyati tomonidan taqdim etilgan muzlatgich, konditsioner va televizordan mamnun ekanligini bildirib, minnatdorchilik izhor etdi.

        Chashma mahallasida yashab, umrguzaronlik qilgan, mahalla va tuman obodligiga hissa qo’shgan Keldibek-ota Yo’ldoshevning xonadoniga tashrif buyurib, otaning farzandlari va kelinlariga Respublikadan yuborilgan sovg’a – kir yuvish mashinasi va yangi rusumdagi telefon taqdim etildi.

         Darhaqiqat, e'tibor har bir inson ko’nglida hayotga bo’lgan ishtiyoqni yanada kuchaytiradi va u hech kimdan kam emasligi, doimiy etibordaligini sezadi. Aslida, insonga naf keltirish oliy baxt ekanligi bugun mana shunday xayrli amallarda ham o’z isbotini topmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram