Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 221 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’XLIK TALABA XALQARO FORUMDA KO’KRAK NISHON BILAN TAQDIRLANDI

×

 2023-02-07 17:10:15    73

PDF yuklash
Chop etish


SO’XLIK TALABA XALQARO FORUMDA KO’KRAK NIShON BILAN TAQDIRLANDI

        O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yo’nalishlarini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Ilg’or tadqiqotlar ilmiy markazi tashabbusi bilan respublikamiz va bir qator xorijiy davlatlarning yetakchi mutaxassislari, ilmiy izlanuvchilar, magistrlar va talabalar ishtirokida onlayn shakldagi “Xalqaro ilmiy forum” o’tkazildi.

        Mazkur forumda o’zining ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etgan Andijon davlat tibbiyot institutining Pediatriya fakulteti 3-bosqich talabalari Iqboljon Hakimjonov hamda Bobomurod Abdusalomov “ILM-FAN IFTIXORI” ko’krak nishoni,  maxsus guvohnoma hamda xalqaro sertifikat bilan taqdirlandilar.

        Talabalarimizni mazkur yutuq bilan tabriklaymiz!

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram