SEL VA SUV TOSHQINLARNI OLDINI OLISHGA QARATILGAN O’RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
2023-02-07 16:49:59 165
Sel va suv toshqinlarni oldini olishga qaratilgan o’rganish ishlari davom etmoqda
So’x tumani jug’rofik joylashuvining o’ziga xosligi bois, hududimiz favqulodda vaziyatlar, sel va suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli yuqori mintaqa sanaladi. O’tgan yillardagi yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar, aholiga zarar yetkazgan tabiy ofatlar bugun hammamizni ogohlik va xushyorlikka chorlashi tabiiy hol. Respublikamiz hududida, ayniqsa, Vatanimizning tog’li hududlarida favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan amaliy ishlar fevral oyining ilk kunlaridan boshlab yuborildi. Buning o’ziga xos sabablari bor albatta.
Ayni kunda tumanimizning tog’oldi hududlari – tog’ yon bag’rida joylashgan, sel kelishi ehtimoli yuqori bo’lgan mahalla va qishloqlarda Farg’ona viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari ishtirokida o’rganish ishlarii olib borilmoqda. Sel va suv toshqini yuzaga kelishi ehtimoli yuqori bo’lgan hududlarda esa, mavjud sel yo’llarini tozalash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Toshqin suvlari va suv oqimlarini xavf-xatarsiz o’tkazib yuborishni ta'minlash, qor ko’chish va yer ko’chki hodisalari xavfini kamaytirish bo’yicha Toshqinga qarshi viloyat komissiyasining yig’ilishida berilgan topshiriqlar yuzasidan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig’ining profilaktika bo’yicha o’rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh a'zolari bilan So’x tumanidagi mavjud sel yo’llarida o’rganish ishlarini olib bormoqdalar. Tumanimizdagi So’x daryosi o’zanlari, Malbut sel yo’li, Demursad sel yo’li, Xushyor Asosiy, Sharqobod suv olish inshootlari xolati o’rganilib, qilinishi lozim bo’lgan ishlarning rejasi tuzilib, favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo’yicha zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Bu yo’nalishda Davsuvxo’jaliknazorat, gidrometeroologiya xizmati viloyat boshqarmasi, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va tuman bo’limi vakillari qattiq xamkorlikda ish olib borishmoqda.
Viloyatimizning qo’shni Qirg’iziston Respublikasi anklav hududida Farg’ona tumanining Shohimardon, Yordon mahalla fuqarolar yig’inlari hududidagi aholini sel-suv toshqinlaridan muhofaza qilish, mahalliy sel yo’llarini tozalash ishlarini tashkil etish va muxandislik himoya tadbirlarini amalga oshirish maqsadida, Farg’ona viloyat hokimligi mahalliy byudjet mablag’lari xisobidan ajratilgan 10 tonna dizel yoqilg’isi hamda 1 ta maxsus texnika (ekskavator) olib chiqilgan. Bunday ishlar bizning So’x tumanimizda ham olib borilmoqda.
Sel kelishi ehtimoli yuqori bo’lgan qishloqlarda aholi bugungi olib borilayotgan ishlardan mamnun. Chunki qilinayotgan barcha ishlar ularning manfaati, xavfsizligini ta'minlash uchun uchun yo’naltirilgan.
Tumanimizning tog’oldi va tog’li hududlarda soha vakillari va hokimiyat xodimlari ishtirokida o’rganishlar davom etmoqda. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin bo’lgan hududlarga zaruriy texnika vositalarini jalb etish bo’yicha barcha choralar ko’rilgan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram