TADBIRKORLIKKA BERILGAN IMKONIYATLAR TUFAYLI ISHLAB CHIQARISH SOHASI RIVOJLANMOQDA
2023-02-07 10:56:20 130
Tadbirkorlikka berilgan imkoniyatlar tufayli ishlab chiqarish sohasi rivojlanmoqda
Respublikamizda tadbirkorlikka berilgan va berilayotgan e'tibor bois, soha vakillari uchun imkoniyat ko’lami ham kengaymoqda. Tadbirkorlarimiz bugun berilayotgan e'tibor bois, hudud obodligiga ham o’zlarining salmoqli hissalarini qo’shishayotir.
Tumanimizdagi “So’xgidroqurilish” mas'uliyati cheklangan jamiyati ham mana shunday yirik korxonalardan hisoblanadi. Mazkur korxona xodimlari tomonidan tumanimiz miqyosida keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi va bu ishlar bugun ham o’zining mantiqiy davomini topmoqda. Qayroq nasos stantsiyasining qurilishi tumanimizdagi yirik qurilishlardan hisoblanadi va ushbu inshoot ham aynan shu korxona xodimlari tomonidan bunyod etildi.
“Izlagan imkon topar” degan gap bor xalqimizda. Korxona rahbari Xaliljon Umarov boshchiligida bugun imkoniyatlardan samarali foydalangan holda tadbirkorlik ham rivojlanmoqda. Bankdan olingan 10 foizli 2 milliard 700 million so’m miqdoridagi imtiyozli kredit tufayli MChJ negizida yangi qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi barpo etildi.
Korxonada ayni kunda turli hajm va uzunlikdagi temir beton tayanchlar, shlakoblok ishlab chiqrilmoqda. Korxonada buyurtma asosida turli qurilish mahsulotlari ham ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yilgan. Bir oyda mazkur korxonada 120 ta temir-beton tayanchlar, 20 000 dona shlakoblok, farmoyishga qarab 30 donagacha suv quduqlari va boshqa betonli mahsulotlar ishlab chiqariladi. Korxonada 10 nafar yoshlar doimiy ish joyi bilan ta'minlangan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram