Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’QUVCHILAR TA'MIRDAN CHIQGAN SINFXONALARDA TAHSIL OLISHMOQDA

×

 2023-02-07 08:12:38    77

PDF yuklash
Chop etish


O’quvchilar ta'mirdan chiqgan sinfxonalarda tahsil olishmoqda

Barchamizga ma'lumki, anomal sovuq davrida tumanimizning G’aznov mahallasida joylashgan 21-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi isitish tizimi yaroqsiz holga kelib qolib, ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida mazkur ta'lim dargohida tuman hokimi tashabbusi bilan hashar tashkil etilib, bir hafta davomida maktabdagi isitish tizimi yangi va zamonaviy uskunalar bilan almashtirildi. Shuningdek, maktab o’quv binosining asosan ikkinchi qavatida ta'mirlash ishlari olib borildi.

Bugun tuman hokimi mazkur ta'lim muassasasida bo’lib, maktab pedagogik jamoasi bilan uchrashdi. Yangilangan isitish tizimi ko’zdan kechirildi va uning ishlashi o’rganildi.

Yangi ta'mirlangan sinfxonalarda maktab talabalari bilan suhbat tashkil etilib, maktab o’quvchilarining bilim darajasi imtihondan o’tkazildi. Aytish lozimki, berilgan e'tibordan barcha maktab jamoasi va asosan o’quvchilar mamnun va minnatdor.

Maktab sinfxonalarining aksariyati ta'mirdan chiqarilib, isitish tizimidan tashqari, sinfxonalarning jihoziga ham katta e'tibor qaratildi. Kabinetlarning pol qismi yangilanib, yangi linoleumlar yotqizildi, barcha sinfxonalar va koridor zamonaviy va milliy ruhda jihozlandi.

Maktab pedagogik jamoasi bilan bo’lib o’tgan suhbat chog’ida davlatimiz rahbari tomonidan ta'lim sohasiga berilayotgan e'tibor haqida gapirildi. Eslatib o’tamiz, mazkur maktab 2023 yilgi ta'mirlash dasturiga kiritilgan va mazkur maktab uchun qo’shimcha bino qurish masalasi ham yuqori tashkilotlarga yetkazilgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram