QISHKI OZIQLANTIRISH BAHORGI HOSILDORLIK GAROVIDIR YOXUD SO’X TUMANIDA QISHLOQ XO’JALIGI SOHASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR HAQIDA
2023-02-04 18:08:19 146
Qishki oziqlantirish bahorgi hosildorlik garovidir yoxud So’x tumanida qishloq xo’jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar haqida
Tumanimizda yangi, 2023 qishloq xo’jalik yiliga tayyorgarlik ishlarini o’rganish ishlari soha mutaxassislari tomonidan amalga oshirilmoqda. Ayni kunda tuman miqyosida ekin yerlarni oziqlantirish, mahallaiy o’g’it chiqarish ishlari amalga oshirilib, ushbu ishlar soha vakillari tomonidan jadallik bilan olib borilayotir.
So’x tumani hokimi o’rinbosari Muslimbek Mavlonbekovning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, 2023 yil uchun So’xlik mirishkorlar astoydil harakat qilishayotir. So’xlik bobodehqonlar bu yili 500 gektarga g’alla, 700 gektarga kartoshka ekkanlar. Umumiy yer maydonining 31 gektariga sabzavot ekiladigan bo’lsa, yana 250 gektar yerlarda ozuqa ekinlari parvarishlanadi.
Ekin yerlarni oziqlantirsh maqsadida 1 500 tonna mahalliy o’g’it chiqarish belgilangan. Shu kungacha g’alla ekin yerlariga soha vakillari tomonidan 1 200 tonna mahalliy o’g’it chiqarildi.
Soha mutasaddilari har kuni So’xlik mirishkorlar bilan uchrashuvlarda agrotexnik tadbirlar va ularning samarasi haqida tushuntirish ishlari olib borishmoqda. Shuningdek, ekin yer maydonlarida yetishtirilayotgan hosillardan tashqari, tumanda bog’dorchilikni rivojlantirishga oid ishlar ham olib borilyapti. Barcha tuman mirishkorlariga omad va zafarlar yor bo’lishini tilaymiz!
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram