Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM YORDAMCHISINING BIR YILLIK FAOLIYATIGA BAHO BERILYAPTI

×

 2023-02-04 17:21:19    53

PDF yuklash
Chop etish


Hokim yordamchisining bir yillik faoliyatiga baho berilyapti

Lenbur mahalasidagi 18-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida mahalla fuqarolar yig’ini faollari ishtirokida bo’lib o’tgan tadbirda mahallada bir yildan beri hokim yordamchisi sifatida faoliyat olib borayotgan Gulshanjon Olimamatovning bir yillik ish faoliyati tahlil qilindi. Mahallada hokim yordamchisi tomonidan bajarilgan ishlar haqida ma'lumot berilib, uning samara va natijalari ham atroflicha muhokama etildi.

Ayni kunda tumanimizning barcha hududlarida hokim yordamchilarining hisobot-yig’ilishlari bo’lib o’tmoqda. Prezidentimizning mahalladagi vakillari tomonidan amalga oshirilgan ishlar har tomonlama tahlil qilinib, ularning faoliyatiga baho beriyalpti.

Hokim yordamchisi tomonidan 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2023 yilda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag’allikdan chiqarish masalalari bo’yicha faoliyat samaradorligini yanada oshirish kontseptsiyasi taqdimoti asosida bo’lib o’tgan hisobot yig’ilishi mahalla ahlining faolligi ostida o’tdi. Hokim yordamchisi faoliyati davomida olib borilgan ishlarni jamlab, taqdimot shaklida mahalladoshlariga taqdim etdi.

Hokim yordamchisi zimmasiga yuklangan vazifalarni sidqidildan bajarish albatta uning mas'uliyati va ishbilarmonligiga bog’liq. Tadbirda hokim yordamchisiga barcha mahalla faollari tomonidan bildirilgan takliflar asosida 2023 yilga ish rejasini qaytadan tuzish, 2023 yilda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag’allikdan chiqarish borasida barcha ishlarni yanada qat'iy va sifatli amalga oshirib barcha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish vazifalari yuklandi va barcha ishlarni hamjihatlikda bajarish bo’yicha kelishib olindi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram