LENBUR MAHALLASIDA TUMAN HOKIMI ISHTIROKIDA SAYYOR QABUL O’TKAZILDI
2023-02-04 17:18:50 114
Lenbur mahallasida tuman hokimi ishtirokida sayyor qabul o’tkazildi
Lenbur mahalla fuqarolar yig’inida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevning navbatdagi sayyor qabuli o’tkazildi. Sayyor qabul avvalida tuman hokimi lenburliklarga 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar va 2023 yilda qilinishi rejalashtirilgan ishlar xususida ma'lumot berdi.
So’x daryosi qirg’oqlarida Lenbur ahli ham asosan sholichilik bilan shug’ullanishadi. Fuqarolar ham ayni ushbu hududlarni mustahkalash masalasida tuman hokimiga murojaat etdilar. O’tgan 2022 yili daryoning bir qismida qirg’oqlarni mustahkamlash ishlari olib borildi. Bu yili ham bu ishlar Prezidentimizning 25 oktyabr 2022 yili qabul qilgan 408-sonli sonli qarori asosida davom ettirilishi tuman hokimi tomonidan qayd etib o’tildi.
O’tgan yili Lenbur mahallasi aholisini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida mahallaning barcha hududi – ichki ko’chlariga ham ichimlik suvi tarmog’i tortildi. Agar mahallada ichimlik suvi inshooti barpo etilsa, 90 foiz aholi ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Ushbu masala ham tuman hokimiga murojaat etildi. Bu bo’yicha tuman hokimi mahalla ahliga aniq va yetarli ma'lumotlar berdi.
Sayyor qabul davomida boshqa joriy masalalar ham muhokama etildi. Mahallada keng ko’lamli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalarida tuman hokimi lenburliklarga o’zining taklif va tavsiyalarini berdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram