Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 1 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FAVQULODDA VAZIYATLARNI OLDINI OLISHGA QARATILGAN TADBIRLAR O’TKAZILMOQDA

×

 2023-02-04 17:16:05    56

PDF yuklash
Chop etish


Favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan tadbirlar o’tkazilmoqda

Tumanimizning barcha hududlarida tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari tomonidan aholi o’rtasida qish mavsumida is gazidan zaharlanish, nosoz va qo’lbola elektr asbob-anjomalridan foydalanmaslik, ovqat va turli uy sharoitida tayyorlangan mahsulotlardan foydalanmaslik bo’yicha targ’ibot-tashqviqot ishlari olib borilmoqda. Tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi boshlig’i Jaloliddin Jalolovning so’zlariga ko’ra, bunday targ’ibot ishlari tumanimizning tog’oldi hududi – Malbut qishlog’ida olib borildi.

Gaz ta'minoti, elektr ta'minoti korxonasi va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda tuman favquloda vaziyatlar bo’limi xodimlari qishloqda “xonadonbay” tizimi asosida tushuntirish ishlari olib bordilar. Barcha fuqarolarga yuqoridagi masalalarda ma'lumotlar va maslahatlar  va ushbu favqulodda holatlarni oldini olish bo’yicha kerakli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, “So’x tumani Malbut qishlog’i “Malbut” sel yulini tozalash  va qirg’oqlarni mustahkamlash” mavzusida o’tkazilgan maxsus-taktik o’quv mashqining aosiy maqsadi ham fuqarolar hayotini asrash va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olishdan iborat bo’ldi. Maxsus taktik o’quv mashqlarida tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi tarkibiga  kiruvchi barcha korxona va tashkilotlarning texnikalari jalb etildi.

O’tkazilgan tadbirda tuman hokimligi, tuman FVB, ichki ishlar bo’limi, miliy gvardiya, yo’l harakati xavfsizligi, tibbiyot bo’limi, SEO va JS bo’limi, avtoyul, tumangaz, irrigatsiya, xalq ta'limi bo’limi, obodonlashtirish, soliq inspektsiyasi, yong’inga kurash jamiyati, suv ta'minoti, aloqa bo’limi va boshqa korxona tashkilotlardan qatnashdi. O’quv mashq davomida tuman Fuqaro muhofazasi xizmatlari tomonidan amaliy tadbirlar bajarildi.

Ayni kunda tumanimizning tog’oldi hududlarida zaruriy texnika va ishchi kuchini jalb etgan holda sel va suv toshqinlarni oldini olishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda. Tuman hokimi o’rinbosari Sodiqjon Murzoyevning ma'lumotiga ko’ra, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ayni kunda Malbut qishlog’i sel yo’lini tozalash ishlari olib borilmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram