SOLIQ SOHASIDAGI O’ZGARISHLAR
2023-02-03 09:26:13 165
Soliq sohasidagi o’zgarishlar
Prezidentimiz ta'kidlaganidek, jonajon O’zbekiston milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qo’ymoqda. Hayotimizning barcha jabhalarida, xususan soliq tizimida ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga murojatnomasida ham soliq tizimida amalga oshirishi lozim bo’lgan muhim o’zgarishlarini belgilab berdi.
Xususan, mol-mulk va yer soliqlarining bir qismi mahallaning o’zida qo’llashi kutilayotgan “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etilmoqda. Shuningdek tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab turli soliq stavkalari qo’llanilishi ko’zda to’tilmoqda. Misol uchun sharoiti eng og’ir bo’lgan respublikadagi 20-ta tumanlarning aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig’i, ijtimoiy soliq stavkalari 1 foizga pasaytirildi. Jismoniy shaxslarning qat'iy solig’i bekor qilinishi ko’zda tutilgan. Qushilgan qiymat solig’i 2022 yilda 15 foizdan 2023-yil 1-yanvardan 12 foizga pasaytirilmoqda.
Shu bilan birga Prezidentimiz Murojatnomada davlat idoralari tadbirkorlarga servis xizmati ko’rsatishi lozimligi va yangi yilda mazkur jarayon bo’yicha baholash tizimi joriy etilishini aytib o’tilar.
Albatta, davlat soliq xizmati organlari ham “Soliqchi-ko’makchi” tamoyili asosida soliq to’lovchilarga xizmat ko’rsatishni davom etirmoqda. Shu maqsadda So’x tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar olib borilayotganligi hamda ularga soliq sohasidagi o’zgarishlar bo’yicha uchrashuvlar olib borilmoqda.
Xususan 2022-yil davomida So’x tuman davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 713-ta tadbirkorlik sub'ektarini qiynayotgan muamolari o’rganildi.
Biz soliq idoralari xodimlari bundan buyon ham albatta, Prezidentimiz belgilab berganlaridek tadbirkorlarga maslahatchi, ko’makchi va yaqin hamkor sifatida faolyatimizni davom ettiramiz.
Akmal G’aniyev - DSI xodimi, tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash sho’'basi bosh inspektori
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram