MEHNAT E'TIROFI
2023-02-02 16:04:05 112
Mehnat e'tirofi
Rag’bat va qilingan mehnat e'tirofi inosnga o’ziga xhos kuch, g’ayrat berishi tabiiy hol. Ayni damda Sizga aziz kanalimiz a'zolari mana shu haqda ikki og’izgina so’zlamoqchimiz. Aslida bu voqelik tumanimizning hokimligi majlislar zalida bir hafta oldin bo’litb o’tgan edi. Huquqni muhofaza qiluvchi va huquq-tartibot organlari va shu soha faxriylari ishtirok etgan tadbirda bir guruh faollar taqdirlanishdi.
Inson ulg’ayadi, navqiron yoshligi keksalikka yo’l oladi, biroq olingan mukofot qadri, qiymati eskirmaydi, yo’qolmaydi. Voqelikni ma'lum sabablarga ko’ra, saaal kechroq ulashayotganimizga ushbu voqelik qahramonlaridan uzr so’raymiz. Baribir Sizlar har doim e'tibor va ardog’imizdasiz.
Bo’lib o’tgan tadbirda soha vakillari haqida samimiy so’zlar tilga olindi, jamiyatda tinchlik va totuvlikni saqlashda ularning hissasi cheksiz ekanligi yana bir karra ta'kidlandi. Ayniqsa, soha faxriylarining mehnat faoliyati bugungi avlodga namuna ekanligi alohida qayd etildi.
Tadbirda bir guruh ichki ishlar sohasi faxriylariga “O’zbekiston IIV faxriysi” ko’krak nishoni taqdim etildi. Ichki ishlar mayorlari Suhbatjon Sharipov, Abdusalom Teshaboyev, Baxtiyor Yusupov, serjantlar Mahmudjon Bobotoshev, Jo’rabek Xolmatovlarga ushbu mukofotni tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev va tuman prokurori Sadirali Mirzokarimovlar topshirdilar.
So’x tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i o’rinbosari, podpolkovnik Umedjon Shamsudinovga O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri buyrug’i bilan III darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko’krak nishoni taqdim etildi. Barcha mukofotlangan soha vakillarini samimiy muborakbod etamiz. Bardavom bo’lsin!
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram