Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 229 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVOBOD MAHALLASI RAISINING KUBOGI O’Z EGASIGA TOPSHIRILDI

×

 2023-02-02 15:57:17    69

PDF yuklash
Chop etish


Navobod mahallasi raisining kubogi o’z egasiga topshirildi

Bir haftadan ortiqroq vaqt davomida yoshlar bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning iste'dodini ruyobga chiqarish maqsadida So’x tumani Rovon, Navobod hamda Istiqlol mahallalarining yoshlar yetakchilari tashabbuslari bilan mahalladagi 14-30 yoshlar o’rtasida Navobod mahallasi raisining kubogi uchun Rovon mahallasida joylashgan 2-sonli bolalar va o’smirlar sport maktabida sportning mini-futbol turi bo’yicha musobaqalar bo’lib o’tdi. O’n kunga yaqin davom etgan musobaqamizning bugun hayajonli lahzalari, ya'ni final bosqichi o’tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko’ra, 1-o’rin "Navobod 1993" jamoasiga, 2-o’rin "Istiqlol" jamoasi futbolchilari va 3-o’rin "Ҷavononi Rovon" jamoalariga nasib etdi.

- Musobaqa ishtirokchilarini tantali taqdirlash marosimida So’x tuman hokimining o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov, Yoshlar ishlari agentligi So’x tuman bo’limi boshlig’i Isojon Mastonov, Rovon va Navobod mahalla fuqarolar yig’inlari raislari, profilaktika inspektorlari va mahalla faollari ishtirok etdilar. Musobaqa g’oliblariga qimmatbaho sovg’alar va diplomlar taqdim etildi, - deya bizga xabar yo’llamoqda Rovon mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Tasvirjon Boboyev.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram