BOLALARNI DAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIGA QABUL QILISH TARTIBI
2023-02-02 15:52:46 120
Bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilish tartibi
Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar
Xizmatni ko’rsatish tartibi:
Ota-onalar, ularning o’rnini bosuvchi shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar), bolalarning yaqin qarindoshlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki opasi) yoki uchinchi shaxslar (ariza beruvchilar) llanmalar olish uchun davlat xizmatlari markazlariga o’zlari kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) da ro’yxatdan o’tadi.
Davlat xizmatidan kompleks tarzda foydalanish uchun FHDYo organiga tug’ilishni qayd etish bilan bir vaqtda murojaat qilishlari ham mumkin.
So’rovnoma to’ldirilib, avtomatik ravishda Maktabgacha ta'limni boshqarish axborot tizimiga yuboriladi.
Tegishli tashkilot va guruhda bo’sh o’rin bo’lganda – yo’llanma shakllantiriladi, bo’sh o’rin bo’lmaganda – so’rovnoma tegishlicha umumiy yoki imtiyozli ro’yxatga kiritiladi hamda xabarnoma shakllantiriladi.
Imtiyozli ro’yxatga kiritiladigan bolalar kontingenti:
● I va IIguruh nogironligi bo’lgan shaxslarning bolalari;
● ko’p bolali oilalarning bolalari;
● etim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
● “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg’iz ayollarning bolalari;
● kontrakt bo’yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
● talabalar va pedagoglarning bolalari;
● akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo’lgan bolalar;
● ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o’tkazilayotgan sog’aygan bolalar.
Ariza beruvchi bolalarni tashkilotga qabul qilishni yo’llanma shakllangandan so’ng 15 ish kuni mobaynida rasmiylashtirmagan taqdirda, yo’llanma haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Xizmat narxi: Bepul
Abdumanof Umridinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram