TUMANDAGI YAKKA YOLG’IZ, NOGIRONLIGI BOR, YORDAMGA MUHTOJ OILALARGA BIR MARTALIK MODDIY YORDAM KO’RSATILDI
2023-01-31 16:51:01 121
Tumandagi yakka yolg’iz, nogironligi bor, yordamga muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam ko’rsatildi
Kam ta'minlangan, ijtimoiy ko’makka muhtoj fuqarolar holidan xabar olish, ularni moddiy va ma'naviy qo’llab-quvvatlash xayrli va savob amallardandir. Ushbu yo’nalishda Respublikamizda keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda va u jihat davlat siyosati darajasiga ko’tarilgani bilan ham ahamiyatlidir.
Tuman mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Abdushukur To’raboyevning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, bu bo’yicha So’x tumanida ham arzirli ishlar amaga oshirilmoqda. Abdushukur To’raboyevning so’zlariga ko’ra, “Nuroniy” jamg’armasi viloyat boshqarmasi tomonidan tumandagi yakka yolg’iz, nogironligi bor, yordamga muhtoj oilalarni moddiy qo’llab-quvvatlash uchun mablag’lar berilgan.
Ushbu mablag’lar mahallalar tomonidan shakllantirilgan va taqdim etilgan ro’yxatga asosan tumandagi 25 nafar fuqarolarga 300 ming so’m miqdorida manzilli yetkazib berildi. Mablag’lar bevosita tuman mahalla va nuroniylarni qullab-quvvatlash bo’limi rahbari tomonidan tarqatib berildi va berilgan e'tibordan mamnun fuqarolarimiz qo’llarini ochib, duolar qildilar.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram