Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2022 YIL 16 DEKABRDAGI “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA QO’SHIMCHA VA O’ZGARTISHLAR KIRITISH TO’G’RISIDA”GI O’RQ-810-SONLI QONUNINING MAZMUN-MOHIYATI

×

 2023-01-31 16:44:37    139

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasining 2022 yil 16 dekabrdagi

“O’zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo’shimcha va o’zgartishlar kiritish to’g’risida”gi O’RQ-810-sonli Qonunining mazmun-mohiyati

 

Mazkur Qonunning 1-moddasida O’zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi quyidagi mazmundagi XXIII2 bob bilan to’ldirilib, mazkur Kodeksga muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to’g’risida ish yuritish kirtildi.

Bunda, muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxsning reabilitatsiya markaziga joylashtirilishini talab qiluvchi asoslar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organi bunday shaxs ichki ishlar organiga keltirilgan paytdan e'tiboran 48 soat ichida uni reabilitatsiya markaziga o’ttiz sutkadan ko’p bo’lmagan muddatga joylashtirish to’g’risida sudga iltimosnoma yuborish uchun materiallarni tayyorlashi shart.

Muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to’g’risidagi iltimosnoma va uni reabilitatsiya markaziga joylashtirish zarurligini tasdiqlovchi materiallar muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxs aniqlangan yerdagi yoki reabilitatsiya markazi joylashgan yerdagi jinoyat ishlari bo’yicha tuman (shahar) sudiga ichki ishlar organi tomonidan beriladi.

Muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to’g’risidagi iltimosnoma sudga yozma shaklda beriladi va ichki ishlar organining rahbari yoki uning o’rinbosari tomonidan imzolanadi.

Iltimosnomada quyidagilar ko’rsatilishi kerak:

1) iltimosnoma berilayotgan sudning nomi;

2) ichki ishlar organining nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);

3) muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

4) iltimosnomaga asos bo’lgan holatlar;

5) berilgan iltimosnomaning asoslarini tasdiqlovchi dalillar;

6) muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to’g’risidagi iltimos, joylashtirish muddatini ko’rsatgan holda;

7) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro’yxati.

Iltimosnomada ichki ishlar organining telefon, faks raqamlari, elektron manzili ko’rsatilishi mumkin.

Muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to’g’risida ushbu moddada nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan iltimosnoma ichki ishlar organiga qaytariladi.

Muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to’g’risidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

1) muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxsni aniqlagan mansabdor shaxsning muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to’g’risida sudga iltimosnoma kiritish to’g’risida tegishli tuman (shahar) ichki ishlar organi boshlig’i tomonidan tasdiqlangan qarori;

2) yashash manzillari (manzillar bo’yicha byuro) haqida ma'lumotlar beruvchi organning ma'lumotnomasi, shuningdek muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxsning O’zbekiston Respublikasidagi ma'lum bo’lgan oxirgi yashash joyini tekshirish natijalari to’g’risidagi ma'lumot;

3) muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxsning tushuntirishi yoki bunday shaxs tomonidan tushuntirish berish rad etilganligi to’g’risida tegishli tarzda tuzilgan dalolatnoma;

4) muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxsni tibbiy ko’rikdan o’tkazish natijalari to’g’risidagi tibbiy ma'lumotnoma;

5) muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxsning huquqlari, shu jumladan advokatning yuridik yordamidan foydalanish huquqi va o’z yaqinlariga telefon orqali qo’ng’iroq qilish huquqi tushuntirilganligi haqidagi bayonnoma.

Iltimosnomaga bildirilgan iltimosnomani asoslovchi boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin.

Muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to’g’risidagi iltimosnoma taqdim etilgan paytdan e'tiboran                  24 soat ichida sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda ko’rib chiqiladi.

O’ziga nisbatan reabilitatsiya markaziga joylashtirish to’g’risidagi iltimosnoma ko’rib chiqilayotgan shaxs va ichki ishlar organining vakili sud majlisida ishtirok etishi shart. Sud majlisida advokat ishtirok etishi mumkin.

Iltimosnomani ko’rib chiqish ichki ishlar organi vakilining muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish zarurligi va joylashtirish muddati asoslab beriladigan ma'ruzasi bilan boshlanadi. So’ngra o’ziga nisbatan iltimosnoma ko’rib chiqilayotgan shaxs, agar sud majlisida ishtirok etayotgan bo’lsa, advokat, sudga kelgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi.

Qaror sudya tomonidan alohida xonada chiqariladi.

Iltimosnomani ko’rib chiqish natijalari bo’yicha sud quyidagi qarorlardan birini chiqaradi:

iltimosnomani qanoatlantirish va muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to’g’risida;

iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish haqida.

Iltimosnomani qanoatlantirish va muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to’g’risida yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi qaror o’qib eshittirilgan paytdan e'tiboran kuchga kiradi va darhol ijro etilishi lozim.

Qaror ijro etish uchun darhol ichki ishlar organi vakiliga, agar sud majlisida ishtirok etgan bo’lsa, advokatga va o’ziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxsga topshiriladi.

Muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to’g’risidagi iltimosnomani ko’rib chiqish natijalari bo’yicha chiqarilgan qaror ustidan ushbu qaror chiqarilgan kundan e'tiboran uch kun ichida o’ziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs, uning qonuniy vakili va advokat apellyatsiya tartibida shikoyat berishi, prokuror esa apellyatsiya protesti keltirishi mumkin.

Apellyatsiya instantsiyasi sudining sudyasi qaror ustidan berilgan shikoyatni (protestni) u kelib tushgan kundan e'tiboran uch kun ichida yakka tartibda ko’rib chiqib, uning natijalari bo’yicha quyidagi qarorlardan birini chiqaradi:

qarorni o’zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirish to’g’risida;

muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to’g’risidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi qarorni bekor qilish va shaxsni reabilitatsiya markazidan ozod qilish haqida;

iltimosnomani qanoatlantirmasdan qoldirish haqidagi qarorni bekor qilish va muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to’g’risida.

 

 

Sud raisi                               X.Xoliqov



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram