Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O'zbekiston Respublikasining 2021 yil 16 avgustdagi “Er uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan o'zbekiston respublikasining ayrim qon

×

 2023-01-31 16:41:45    134

PDF yuklash
Chop etish


O'zbekiston Respublikasining 2021 yil 16 avgustdagi “Er uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan o'zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi O'RQ-708-sonli Qonunining mazmun - mohiyati


Mazkur Qonunning 4-moddasida O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga quyidagi o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi:

1) 60-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi qismlar bilan almashtirildi:

“Er uchastkalarini o'zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo'lmagan holda ulardan foydalanish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari, mansabdor shaxslarga esa - ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

O'zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo'lgan va tutash bo'lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish,-

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u o'zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta'minlasa va o'zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi”.

2) 601-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilishi belgilandi:

“Sug'oriladigan yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olishga yo'l qo'ymaslik bo'yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko'rilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi o'zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to'g'risida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari, mansabdor shaxslarga esa - ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi”.

5) 68-modda nomidagi “Xo'jalik ichidagi” degan so'zlar chiqarib tashlanib,  birinchi qismining:o'zbekcha matnidagi “tuzilishi” degan so'z “tuzish”degan so'z bilan almashtirilib, sanktsiyasi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari, mansabdor shaxslarga esa - besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi”;

ikkinchi qismining sanktsiyasi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari, mansabdor shaxslarga esa - o'n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi”.

6) 681 va 69-moddalar quyidagi tahrirda bayon etildi:

“681-modda. Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik

Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravari, mansabdor shaxslarga esa - o'n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'lishi belgilandi.

69-modda. Chegara belgilarini, geodezik punktlarni va cheklov belgilarini yo'q qilish yoki shikastlantirish

Egalikdagi, foydalanishdagi yerlarning chegara belgilarini, geodezik punktlarni va o'rmonlardagi cheklov belgilarini yo'q qilish yoki shikastlantirish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'lishi  belgilandi.


Sud raisi              X.Xoliqov