BILASIZMI?
2023-01-31 13:48:31 102
Bilasizmi?
Hisobga olish uskunalarini qiyoslovdan o’tkazish bo’yicha davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP (https://my.gov.uz) orqali amalga oshirish (http://lex.uz/docs/4481469) mumkin.
Bunda, hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi:
yuridik shaxslar uchun – 4 yil;
jismoniy shaxslar uchun – 8 yilni tashkil etadi.
Hisoblagichni qiyoslashdan o’tkazish davlat xizmatini ko’rsatganlik uchun quyidagicha yig’im undiriladi:
jismoniy shaxslardan (maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslardan tashqari) BHMning 20 foizi (60 ming so’m);
hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan (maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslar uchun) BHMning15 foizi (45 ming so’m);
yuridik shaxslardan BHMning 1,5 baravari (450 ming so’m) miqdorida.
“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro’yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslarga belgilangan yig’imning 50 foizi miqdorida chegirma qo’llaniladi.
Abdumanof Umridinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram