Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 163 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASHISH BORASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR XUSUSIDA BRIFING O’TKAZILDI

×

 2023-01-31 13:46:34    55

PDF yuklash
Chop etish


Korruptsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar xususida brifing o’tkazildi

        Korruptsiya illat. Respublikamizda ushbu illatga qarshi kurashish bo’yicha alohida tizim yaratilgan va bu yo’nalishda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

        Bugun tuman hokimligi majlislar zalida korruptsiyaga qarshi kurashish viloyat Kengashi raisi, viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan korruptsiyaga qarshi kurashish borasida xududlarda olib borilayotgan ishlar, shuningdek, “Ochiq, shaffof va hisobdor hudud” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar va ularning natijadorligi yuzasidan brifing o’tkazildi. Mazkur brifingda tuman hokimi, tuman hokimi o’rinbosarlari, korxona, idora, tashkilot va muassasalar rahbarlari, tuman faollari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

        Tadbirda ishtirok etgan tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov so’zga chiqib, Respublikamizda korruptsiyaga qarshi kurash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ushbu illatga qarshi kurashnining qonuniy va huquqiy asoslari haqida gapirib, korruptsiyaga qarshi kurashish barchaning asosiy burchi ekanligini ta'kidladilar. Tuman prokurori korruptsiyaga qarshi kurashish borasida So’x tumanida olib borilayotgan ishlar va “Ochiq, shaffof va hisobdor hudud” loyihasi doirasida amalga oshitrilayotgan ishlar xususida atroflicha ma'lumot berdi.

        Darhaqiqat, korruptsiya va uning alomatlari jamiyat rivojiga to’siq bo’ladigan illatdir. Uning ildizini quritish va unga qarshi kurashish hamkorlikda olib boriladigan amaliy ishlar samaradorligiga bevosita bog’liqdir.

        Brifingdan so’ng, “So’x tumani hududlarida aholi murojaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlar” mavzusida matbuot anjumani o’tkazildi. Mazkur mavzuga doir tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev mazkur tadbir ishtirokchilari – ommaviy axborot vositalari vakillari – jurnalist va blogerlar savollariga javob berdi.

        Shuningdek, tadbirga taklif etilgan mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari ham hududlarda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi haqida o’zlarining tajribalariga asoslanib, ma'lumotlar berdilar. Samimiy tarzda bo’lib o’tgan mazkur tadbirlarni muntazam o’tkazilishi bo’yicha takliflar bildirildi va bu bo’yicha mutasaddilarga vazifalar berildi va mazkur takliflar bir ovozdan ma'qullandi.  

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram