Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMANIMIZ MAKTABLARIGA ELEKTRON DOSKALAR YETKAZIB BERILMOQDA

×

 2023-01-31 13:36:58    47

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimiz maktablariga elektron doskalar yetkazib berilmoqda

Umumta'lim maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ta'limda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish maqsadida ta'lim muassasalari zamonaviy asbob va dastgohlar bilan ta'minlanmoqda. So’x tumani xalq ta'limi bo’limi mudiri Foziljon Mirzoyevning so’zlariga ko’ra, bu bo’yicha O’zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirining 31 may 2022 yildagi 178-sonli buyrug’i ham qabul qilingan.

Ushbu buyrug’ asosida bugun 7-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabiga yangi va zamonaviy elektron doska yetkazib berildi. Vazirlik sovg’asidan maktab ahli minnatdor va ushbu zamonaviy uskunadan bugun maktab pedagogik jamoasi samarali foydalanib, berilgan e'tibor uchun barcha muallim va o’quvchilar samimiy minnatdorchilik izhor etadilar.

Berilgan e'tibor samarsi o’laroq mazkur maktabda ta'lim sifati ham yuksalishiga ishonch bildiramiz. Kuni kecha shunday elektron doska tuman hokimi tashabbusi bilan  ta'mirlanayotgan G’aznov mahallasidagi 21-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabiga yetkazib berilgan edi.

                So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram