“QISHLOQ AYOLLARINING IQTISODIY IMKONIYATLARNI KENGAYTIRISH” LOYIHASI
2023-01-31 13:35:32 119
“Qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish” loyihasi
Farg’ona viloyatida 2022-2024 yillar davomida “Qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish” loyihasi amalga oshiriladi. Ushbu loyiha O’zbekiston oila va xotin qizlar qo’mitasi, Jahon banki, Yaponiya ijtimoiy rivojlanish jamg’armasining moliyaviy ko’magi asosida tashkil qilingan. Farg’ona viloyatida ushbu loyihani amalga oshirida “Mehrjon” ayollar va bolalar markazi faoliyat olib boradi.
Bu loyihada So’x, Furqat, Yozyovon va Qo’shtepa tumanlaridan 28 mahalla fuqarolar yig’inlari faoliyat olib borish belgilangan. Loyihaning asosiy maqsadi ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning moliyaviy ko’nikmalarini, bozorlardan foydalanish imkoniyat va malakalarini oshirish orqali qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. Loyiha amalga oshirish davomida So’x tumanida istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz, imkoniyati cheklangan xotin-qizlarni moliyaviy savodxonligini, tadbirkorlikni tashkil qilish bo’yicha bilim va ko’nikmalarini oshirish natijasida ular uchun kichik bizneslar tashkil qilishga ko’maklashiladi. Dastur davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida tadbirkor bo’lishini istagida bor ayollarga korxonalar ochishlari uchun kichik grantlar ajratiladi.
Bugun Farg’ona viloyati “Mehrjon” ayollar va bolalar markazi tomonidan So’x tumanida “Qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil qilindi. Uchrashuvda So’x tumani hokimi o’rinbosari, oila va xotin-qizlar bo’limi Madinaxon Safarova ishtirok etib, loyihani samarali amalga oshirishda hamkorlikda ish olib borish muhimligini ta'kidladi.
Dastur doirasida So’x tumanining Sohibkor, Lenbur, Sebzor, Sarikanda, Devayron, Saribozorcha, Demursad mahalla fuqarolar yig’inlari xotin-qizlar faollori va shu mahallarda dastur doirasida faoliyat olib borayotgan mobilizatorlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida “Mehrjon” ayollar va bolalar markazi rahbari X. Ibragimova va So’x tumani mobilizatori G. Xusanovalar tomonidan loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar birin ketinlikda tushuntirib berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram