Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLALARDA HOKIM YORDAMCHILARI HISOBOTI BO’LIB O’TMOQDA

×

 2023-01-31 13:32:00    47

PDF yuklash
Chop etish


Mahallalarda hokim yordamchilari hisoboti bo’lib o’tmoqda

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 dekabr kungi 29-sonli farmoyishi hamda davlatimiz rahbarining 31-sonli qaroriga asosan har bir mahallada mahallabay ishlash tizimi joriy etilishi munosabati bilan "Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligi ta'minlash va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha" tashkil etilgan hokim yordamchilari faoliyati qay darajada olib borilayotganligi va kelgusida rejalashtirilayotgan ishlar to’g’risida So’x tumani hokim yordamchilarining mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar, mahalla faollari hamda tadbirkorlari ishtirokida 2022 yildagi amalga oshirilgan ishlar hamda 2023 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdimoti bo’lib o’tyapti.

Bo’lib o’tayotgan hisobot taqdimotlarida mahallada hokim yordamchiligi faoliyati boshlanganda Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar asosan dastlab mahallani xonadonma-xonadon xatlovdan o’tkazilib ushbu hatlov natijalariga ko’ra xonadonlarni 4 toifaga ajratib olinganligi, ushbu toifalarga asosan tegishli yo’nalishlar bo’yicha tadbirkorlikni rivojlantirishda Prezidentimizning 55-sonli qarorlariga asosan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun fuqarolarga olib berilgan imtiyozli kreditlar, Prezidentimizning 20-sonli qaroriga asosan oila daromadini oshirish maqsadida ijra asosida yer ajratib berilganligi, subsidiya orqali olib berilgan asbob-uskunalar asosida hamda barcha ko’rsatilgan amaliy yordamlar natijasida aholini bandligini ta'minlash va yaratilgan ish o’rinlari xamda "OPEN BUDJET" dasturi bo’yicha mahallarni asfaltlashtirish, suv tarmoqlari va barcha olib borilgan ishlar to’g’risidagi hisobotlar berilayotir.

Yig’ilishlar davomida Prezidentimiz tomonidan 2023 yilda aholi daromadlarini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, bandligini ta'minlash va kambag’allikdan chiqarish bo’yicha bo’lib o’tgan videoselektor mazmun mohiyati tushuntirib o’tilmoqda hamda mahalladagi fuqarolar va tadbirkorlar bilan mahallani 2023 yildagi rivojlantirish rejalari o’zaro maslahat asosida shakllantirilmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram