E'LON!
2023-01-30 18:38:33 107
E'LON!
Hurmatli fuqarolar!
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 sentyabrdagi 6065-sonli “O’zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoniga asosan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari biometrik pasportlari hamda fuqaroligi bo’lmagan shaxs va chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalarini identifikatsiya ID-kartalariga almashtirish birinchi bosqichda 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 31 dekabrgacha ixtiyoriylik asosida, ikkinchi bosqichda 2023 yil 1 yanvardan 2030 yil 31 dekabrgacha majburiy tartibda amalga oshiriladi.
Shuning uchun, identifikatsiya ID-kartalar olishda So’x tumanida uzun navbatlarni oldini olish maqsadida Farg’ona shahriga turli yumushlar bilan borib kelayotgan fuqarolar Farg’ona viloyati IIB MvaFRB, Farg’ona shahar IIB MvaFRB hamda viloyat Davlat Xizmatlari markazida ham hujjatlar rasmiylashtirishlari mumkinligini ma'lum qilamiz.
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Respublikasi fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti 2031 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
So’x tumani ichki ishlar bo’limi MvaFR bo’limi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram