SAVOL - JAVOB
2023-01-30 18:32:09 114
SAVOL - JAVOB
Savol: Ishlovchi xodimlarni ishdan tashqari ya'ni dam olish kunlariga ishga jalb qilinganda xodimga qo’shimcha haq tulanadimi?
Javob: Davlat organlari va tashkilotlarda ishlab kelayotgan xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilish O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 157-moddasiga asosan ish vaqtidan tashqari ishlar hamda dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun haq tulash deb belgilangan.
Ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to’lanadi. To’lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo’lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.
Bayram yoki dam olish kunidagi ish xodimning xohishiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berish bilan qoplanishi mumkin. Xodimning iltimosiga binoan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish soatlariga teng keladigan miqdorda otgul berilishi ham mumkin. Bayram yoki dam olish kunidagi ish yoxud ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun boshqa dam olish kuni berilgan taqdirda, bunday ishlar uchun kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi to’lanadi.
Toshpo’latov Abduxakim Xamitjon o’g’li - So’x tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram