KORRUPTSIYA – DAVR KUSHANDASI
2023-01-30 17:59:12 114
Korruptsiya – davr kushandasi
Dunyo mamlakatlari orasida eng keng tarqalgan jinoyatlardan biri bu korruptsiya hisoblanadi. Shu vaqtga qadar hech bir davlatda korruptsiya yo’qolmagan va uni yo’qotib ham bo’lmaydi. Chunki dunyo mamlakatlari tarixidan ma'lumki, korruptsiyani faqat kamaytirish mumkin, xolos. Dunyoda eng rivojlangan davlatda ham korruptsiya bor. Korruptsiya o’zi nima? Korruptsiya bu mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o’zlarining shaxsiy manfaatlarini ko’zlab qonunchilik va axloq qoidalariga zid ravishda foydalanish hisoblanadi.
Korruptsiya jamiyat taraqqiyotiga g’ov bo’lib, yosh avlodning ongiga zarar keltiradi va kelajagi bor shaxsning ildiziga bolta uradi. So’ngi yillarda mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurash yanada kuchaytirildi. O’zbekiston Respublikasi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunining qabul qilinganligi, Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligining tashkil etilganligi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Korruptsiya jinoyati uchun O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasida keltirilgan. Unga ko’ra, pora olish, ya'ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o’z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo’lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko’zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o’zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo’lishi bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilishdan o’n yildan o’n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Shuningdek, pora berish ham munosib jazoga tortilishi belgilab qo’yilgan.
2020 yil 31 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korruptsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko’maklashgan shaxslarni rag’batlantirish tartibi to’g’risida”gi Nizom tasdiqlangan. Jamiyatda korruptsiyaning barcha ko’rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish, korruptsiyaga oid jinoyatlarni o’z vaqtida va barvaqt aniqlash va aholining korruptsiyaga qarshi kurashda ularning faolligi yanada oshirish va ularning qo’shayotgan hissasi uchun munosib taqdirlash nizomning asosiy vazifasi hisoblanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "islohotlarimizning samarasi ko’p jihatdan qonun ustuvorligini ta'minlash, korruptsiyaga qarshi qat'iy kurashish, institutsional salohiyatni yuksaltirish va kuchli demokratik institutlarni shakllantirish kabi 4 omilga bog’liq".
Korruptsiya demokratiya va qonun ustuvorligi asoslariga zarar yetkazib, inson huquqlarini buzishga olib keladi.
Umidjon Ergashev - Rishton tumanlararo iqtisodiy sudi raisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram