Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYA MASSIVINING SUG’ORILISHIGA OZ KUNLAR QOLDI

×

 2023-01-28 16:33:34    53

PDF yuklash
Chop etish


Javpaya massivining sug’orilishiga oz kunlar qoldi

        So’x tumanida qishloq xo’jaligida foydalanmaydigan yerlardan samarali foydalanish bo’yicha boshlangan ezgu ishlar bugun o’zining mantiqiy davomini topmoqda. Qal'acha mahallasidagi Javpaya massivida o’zlashtirilayotgan 400 gektar yer maydonini sug’orish uchun qurilgan suv nasos stantsiyasida oxirgi payvandlash ishlari amalga oshirilmoqda.

        Javpaya mavzesida esa, Respublikadan kelgan mutaxassislar suv tejovchi texnologiyalarni o’rnatish ustida ish olib borishyapti. Anomal harorat ortda qolib, mutaxassislarning ishlashlari uchun Javpayada bugun musoid iqlim hukmron. Mutaxassislar maxsus texnika va texnologiyalar yordamida tomchilatib sug’orish tizimini o’rnatish uchun astoydil harakat qilishmoqda.

        Shuningdek, Javpaya nasos stantsiyasiga elektr energiyasi liniyalari tortish ishlari ham yakunlab bormoqda. Viloyat “Humo dom invest” MChJ ning So’x tumanidagi ish yurituvchisi Abdurashid Umarovning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, ushbu maqsadda 9 dona temir-beton tanyachlar o’rnatilib, uch qatorli har bir bir qatori 600 metrdan, jami uzunligi 1 800 metr elektr liniyalari tortilmoqda va ushbu ishlar ham yaqin kunlarda yakuniga yetkaziladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram