QAL'ACHA MAHALLA FUQAROLAR YIG’INIDA TUMAN HOKIMI SAYIDBAHROM SAYIDMUSAYEV ISHTIROKIDA SAYYOR QABUL O’TKAZILDI
2023-01-28 16:31:52 106
Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida sayyor qabul o’tkazildi
Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida Qal'acha mahallasida sayyor qabul o’tkazildi. Mahalla ahli bilan o’tkazilgan mazkur qabulda qal'achaliklar tuman hokimiga o’zlarini qiynayotgan muammo va kamchiliklar bo’yicha murojaat etdilar.
Aytish lozimki, Qal'acha mahallasi o’tgan 2022 yili "Obod qishloq" davlat dasturiga kiritilgan bo’lib, ushbu dastur doirasida mahalla ahlini qiynayotgan ko’p muammo va kamchiliklar bartaraf etildi. Mahallada elektr energiyasiga bog’liq muammolar hal etilib, Qal'achaning ichki ko’chalarida keng ko’lamli ta'mirlash ishlari olib borildi.
Tashkil etilgan va o’tkazilgan sayyor qabulda mana shu ishlar fuqarolarimiz manfaatiga xizmat qilishi ta'kidlandi. Muammo va kamchiliklar xususida murojaat etgan fuqarolar amalga oshirilgan ishlarga asosan alohida to’xtalib, berilgan e'tibor va qilingan xayrli amallar uchun davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorchilik bildirdilar.
Sayyor qabul davomida nafaqa tayinlash masalasida ko’maklashildi, pillakorlarning murojaatlari manzilli o’rganildi, oilalardagi kelishmovchiliklarga chek qo’yilib, nomurosalik ko’chasiga kirib qolgan fuqarolar yarashtirildi, oilaviy tadbirkorlik masalasida mutasaddilar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Tuman hokimi Qal'acha mahallasining mutasaddilariga aholi murojaatlarini hal etish uchun "Mahallabay" tizimi asosida mas'uliyat bilan faoliyat olib borish bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram