TUMAN HOKIMI TASHABBUSI BILAN TA'MIRLANAYOTGAN MAKTABDA ISHLAR QIZG’IN DAVOM ETYAPTI
2023-01-28 16:28:01 116
Tuman hokimi tashabbusi bilan ta'mirlanayotgan maktabda ishlar qizg’in davom etyapti
Ayni kunda tumanimizning 1-sektori hududi, G’aznov mahala fuqarolar yig’inida joylashgan 21-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tashabbusi bilan keng ko’lamli ta'mirlash ishlari olib borilyapti. Ta'mirlash ishlariga bir haftadan oshdi va ishlar jadallik bilan davom etmoqda.
Maktabning ikkinchi binosidagi isitish tizimi nosoz hotalga kelganligi bois, barcha isitish tizimidagi temir quvur va batareyalar yangi va zamonaviy plastik quvurlar va alyumin batayeryalarga almashtirilmoqda. Shuningdek, binoning ikkinchi qavtidagi barcha sinfxonalar to’liq hashar yo’li bilan ta'mirlanayotir.
Ta'mirlash ishlarini qo’llab-quvvatlagan mahalla faollari va saxovatpesha tadbirkorlar ham bu ishlarda faollik ko’rsatishmoqda. Maktab sinfxonalariga yangi linoleumlar yotqizilib, stol-stullar ham sifatlisi bilan almashtirilayotir. Yangi pardalar bilan bezatilayotgan sinfxonalarning jihoziga ham alohida e'tibor qaratilyapti.
Ishlar jarayoni bevosita tuman hokimi tomonidan nazoratga olingan. Ta'mirlash ishlari jadallik bilan davom etmoqda va mazkur ta'lim muassasasida darslar jarayoni dushanba – 30 yanvar kunidan boshlanadi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram