Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"SO’X-QADIMIY VA SO’LIM MASKAN" KITOBINING TAQDIMOTI BO’LIB O’TDI

×

 2023-01-28 16:18:10    55

PDF yuklash
Chop etish


"So’x-qadimiy va so’lim maskan" kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi

        So’x tumanida joylashgan harbiy qismda Farg’ona viloyati Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi homiyligida So’xlik olimlar O’runboy So’fiyev va Rahmatjon Arslonzodaning So’x tarixi haqida "So’x-qadimiy va so’lim maskan" kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi.

        Bunda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Farg’ona viloyat bo’limi hamda tuman bo’linmasi hodimlari, ma'naviyatchilar, tarix o’qituvchilari hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdilar.

        Ushbu kitobda bu jannatmonand go’shaning o’tmishi, uning hozirgi kuni, mehmonnavoz xalqi va nurli kelajagi haqida hikoya qilinadi.

        Ilova qilingan rasmlar So’xning o’tmishi, ziyoratgohlari va boshqa diqqatga sazovor joylari haqida umumiy tasavvur hosil qilish imkoniyatini beradi.

        Kitob So’xga qadam ranjida qilgan sayyohlar hamda o’z yurtining o’tmishi va hozirgi kuni bilan qiziquvchi kitobxonlar uchun mo’ljallangan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram