JINOYATCHILIKNI JILOVLASH, UNI OLDINI OLISH HAMKORLIKNING MUHIM OMILIDIR
2023-01-27 09:37:01 109
Jinoyatchilikni jilovlash, uni oldini olish hamkorlikning muhim omilidir
So’x tumani prokuraturasi tomonidan 2022 yilda tumanda umumiy jinoyatchilik holati, dinamikasi, jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatlarni fosh etish, tezkor-qidiruv faoliyati, jinoyatga oid ariza, xabar va boshqa ma'lumotlarni ro’yxatga olish, ko’rib chiqish va hal etish, shuningdek, diniy ekstremizm va terrorizm bilan bilan bog’liq jinoyatlarga qarshi kurashga qaratilgan profilaktik tadbirlar samaradorligi hamda bu boradagi huquqni muhofaza qiluvchi organlari va jamoatchilik tuzilmalari hamkorligi ahvolini tahlil qilib, umumlashtirildi.
Umumlashtirish natijalari, bugun tuman hokimligi majlislar zalida tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlari muvofiqlashtiruvchi kengashining navbatdagi yig’ilishida tanqidiy ko’rib chiqilib, muhokama qilindi. Tuman prokurori o’rinbosari Olimjon Do’stovning ushbu masala yuzasidan qilgan ma'ro’zasi yuzasidan ishtirokchilar muzokaralar asosida o’z fikrlarini bayon etdilar.
Jinoyatchilikni jilovlash, uni oldini olishga qaratilgan harakatlar ba'zi holarda oqsayotganligi tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev, tuman prokurori Sadirali Mirzokarimovlar tomonidan yorqin misollar orqali tahlil etilib, tanqid qilindi. Tuman sektorlari kesimidagi holatlar aniq va haqqoniy raqamlar orqali ma'lumot sifatida yetkazildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram