HAMKORLIKDAGI O’RGANISH JARAYONLARI MUNTAZAM TUMANNING BARCHA HUDUDLARIDA DAVOM ETTIRILADI
2023-01-27 09:32:12 113
Hamkorlikdagi o’rganish jarayonlari muntazam tumanning barcha hududlarida davom ettiriladi
Farg’ona viloyatining anklav hududi bo’lgan So’x tumanida xam 23.01.2023 yil kunidan barcha o’quv va maktabgacha ta'lim muassasalari o’z ish faoliyatini boshladi. Shu munosabat bilan tuman hokimligi va ichki ishlar bo’limining mutassaddi xodimlari hamkorligida maktab va bog’cha xonalarini isitilganligi holatlari bilan tanishib chiqildi. Shuning bilan bir qatorda ta'lim maskanlari va maktbagcha ta'lim muassasalarning ko’mir zahirasi, qozonxonalarning ishlashi, ularning talabga javob berishi, xonalarning maksimal darajada isitilib o’quvchi yoshlar va bog’cha tarbiyalanuvchilarini davomatlarini yuqori darajaga olib chiqilishi va energiya resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish masalalariga alohida e'tibor qaratilib, ushbu yo’nalishda o’quv muassasalari va bog’cha rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
So’x tumani hokimi o’rinbosari, oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Madinaxon Safarova va So’x tuman HPB JXX xotin-qizlar masalalari bo’yicha katta inspektori podpolkovnik Shahnoza Shodmonovaning so’zlariga ko’ra, ishchi guruh va hamkor tashkilotlar tomonidan ko’zdan kechirilgan barcha muassasalar bo’yicha maxsus ma'lumotnomalar taqdim etilayotir. Hamkorlikdagi bunday o’rganish ishlari muntazam davom ettiriladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram