SAVOL - JAVOB
2023-01-27 09:20:28 176
SAVOL - JAVOB
Savol: Assalomu aleykum men dekretga kechroq misol uchun 37 haftada chiqsam menga dekret puli to’liq 4 oyga to’lanadimi?
Javob: O’zbekiston Respublikasi amaldagi Mehnat kodeksining 233-moddasida homiladorlik va tug’ish ta'tillarini berish tartibi keltirib o’tilgan. Mazkur moddaga muvofiq: “Ayollarga tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tug’ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug’ilgan hollarda — yetmish kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tug’ish ta'tillari berilib, davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqa to’lanadi” – deb belgilab qo’yilgan.
Shuningdek, “Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida”gi nizomda (ro’yxat raqami: 1136, 08.05.2002-y.) homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqani tayinlash va to’lash uchun belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo’ladi - deb belgilab qo’yilgan. Bunda homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa (shu jumladan, homila tushgan hollarda) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko’rsatilgan barcha davr uchun to’lanadi. Homiladorlik va tug’ish nafaqasi tug’ishdan oldin amalda foydalanilgan kunlarning sonidan qat'i nazar, ta'tilning to’liq davri uchun bir yo’la to’lanadi.
Toshpo’latov Abduxakim Xamitjon o’g’li - So’x tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram