Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYA SUV NASOS STANTSIYASIGA ZARURIY AGREGARTLAR O’RNATILDI

×

 2023-01-27 09:17:10    74

PDF yuklash
Chop etish


Javpaya suv nasos stantsiyasiga zaruriy agregartlar o’rnatildi

        Ayni kunda tumanimizning Javpaya massivida qishloq xo’jaligida foydalanmaydigan yerlarni o’zlashtirish va anor plantatsiyasi tashkil etish ishlari davom ettirilmoqda. Farg’ona viloyati hokimi tashabbusi bilan barpo etilayotgan 400 gektarli yer maydonida suvni tejovchi texnologiya asosida sug’orish ishlari amalga oshiriladi.

        Javpaya massivini sug’orish suvi bilan ta'minlash maqsadida qurilayotgan nasos stantsiyasida ham ishlar qizg’in kechayotir. Bugun mazkur inshootda suv yetkazib beruvchi nasos stantsiyasining 4 ta agregati o’rnatilib, sinov va moslashtirish ishlari tugatilmoqda.

        Bevosita Javpaya massivida ham mutaxassislar tomonidan suv tejovchi texnologiyalarni tayyorlash va payvandlash ishlari jadal olib borilyapti. Buning uchun barcha zaruriy mahsulotlar yetkazib berilgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram