Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAVOL - JAVOB

×

 2023-01-21 16:37:21    123

PDF yuklash
Chop etish


SAVOL - JAVOB

Savol: Bolalikdan nogiron o’zgalar parvarishiga muxtoj bolalarning ota-onalariga va ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarga beriladigan yordam turlari haqida ma'lumot bersangiz.

Javob: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi PF-74-sonli farmoniga muvofiq 2022-yil 1-apreldan boshlab:     

O’zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo’lgan 18 yoshgacha bolalarning (keyingi o’rinlarda — o’zgalar parvarishiga muhtoj bolalar) parvarishi bilan band bo’lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so’m miqdorida nafaqa to’lovi (keyingi o’rinlarda — parvarishlash nafaqasi) joriy etilgan.   

Parvarishlash nafaqasi fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga qilgan murojaatlari asosida budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limlari tomonidan tayinlanadi va to’lanadi.

Bundan tashqari o’zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo’lganlarning oila a'zolari ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasining 03.09.1993 yildagi 938-XII-sonli “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to’g’risida”gi Qonuni 37-moddasi ish stajiga qo’shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari keltirib o’tilgan bo’lib, uning 1-qismi “d” bandida I-guruh nogironligi bo’lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha bo’lgan, nogironligi bor bolaga, shuningdek (davolash muassasasining xulosasiga ko’ra) o’zgalarning parvarishiga muhtoj bo’lgan 80 yoshga to’lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt yoshga doir pensiya tayinlanayotganida ish stajiga qo’shib hisoblanishi nazarda tutilgan.

Biroq ushbu qonunning 37-moddasi 2-qismida cheklovlar o’rnatilgan bo’lib, mazkur moddaning «d» va boshqa bandlarida nazarda tutilgan davrlar umumiy ish staji kamida 7 yil bo’lgan taqdirda ish stajiga qo’shib hisoblanishi belgilangan.

Toshpo’latov Abduxakim Xamitjon o’g’li - So’x tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram