Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ DEPUTATLARI SO’X TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2023-01-21 11:48:02    117

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi

        Bugun tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining oltinchi chiqiriq oltmish beshinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, korxona tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

        Sessiyaga muhokama etish uchun qo’yidagi masalalar qo’yildi:

1. Xalk deputatlari So’x tumani Kengashining 2022 yil davomidagi faoliyati xamda tuman Kengashi va doimiy komissiyalarining 2023 yil uchun tuzilgan ish rejalarini tasdiqlash.

2. So’x tuman fuqarolik, jinoiy va Rishton tumanlararo iqtisodiy ishlari buyicha sudlari raislarining 2022 yildagi faoliyati to’g’risida axboroti.

3. Tuman sektorlarida 2023 yil davomida amalga oshiriladigan ishlar “Yo’l xarita”sini tasdiqlash.

4. 2-sektor rohbarining fuqarolarni “Temir daftar”ga kiritish haqidagi xati to’g’risida.

5. Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan mablag’larni 2022 yil 4-chorakdagi tasarrufi to’g’risida.

6. “Saxovat va ko’mak” mablag’larini tasarruf etish to’g’risida.      

Sessiyaga qo’yilgan ushbu masalalarga oid axborotlar tinglandi va bu bo’yicha deputatlar o’zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

        Sesiya kun tartibiga qo’yilgan maslalar yuzasidan Xalq deputatlari So’x tumani Kengashi kotibiyat mudiri Masutjon Jumayev, tuman fuqarolik ishlar bo’yicha sud raisi Shermuhammad Abdullayevlar birinchi va ikkinchi maslalar bo’yicha ma'ro’za qilishdi. Tuman fuqarolik ishlari ishlari bo’yicha sud raisi tomonidan tuman jinoiy va Rishton tumanlararo iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlarining axborotlari ham o’qib eshittirildi.

        Aytish lozimki, o’tgan 2022 yilda tumanimizning sektorlari kesimida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Sessiyada yangi 2023 yilda sektorlar hududida qilinadigan ishlar bo’yicha tuzilgan “Yo’l xarita”lari sektorlar rahbarlari tomonidan o’qib eshittirildi. “Yo’l xaritasi” ga deputatlar tomonidan yangi punktlar kiritildi va qabul qilindi.

 

Shuningdek, 2-sektor hududidan “Temir daftar”ga kiritiladigan fuqarolar ro’yixati ham deputatlar tomonidan ma'qullandi.

        Tumanimizda o’tgan ikki yil davomida “Tashabbusli byudjet” mablag’lari asosida keng ko’lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan mablag’larni 2022 yil 4-chorakdagi tasarrufi to’g’risida tuman moliya bo’limi boshlig’i Zayliddin Iskandarov ma'ro’za qildi.

        Ta'kidlash lozim, tumanimizda kam ta'minlangan, ijtimoiy ko’makka muhtoj oilalarni qo’llab-quvvtlash maqsadida “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi mablag’lari hisobidan amaliy yordam ko’rsatiladi. Tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi Rasuljon Mirsaidov ushbu amaliy yordamlar xususida axborot berdi va yo’naltiriladigan navbatdagi mablag’larni tasarruf etish deputatlar tomonidan ma'qullandi.

        Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar o’z fikrlarini muzokara davomida bildirdilar. Qo’yilgan masalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi va sessiya ishiga yakun yasaldi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram